Qarshilang , mavsumning zamonaviy rangi – zangori

Yozgi to‘plamlar yangi g‘oyalar va noodatiy siluetlar bilan to‘lib-toshgan

22 Iyul 2024
Foto: SPOTLIGHT

Zangori - bulutsiz osmon va dengiz tubining rangi hisoblanadi. U beg‘amlik, yengillik, ozodalik va xotirjamlik bilan assotsiatsiyalanadi. Sovuq va sokin rang mushohada va tafakkurga undaydi, samimiylik, sobitqadamlik va aql-zakovatni anglatadi. Unda uyg‘unlik va osoyishtalik seziladi.

Foto: Pexels / Tamba Budiarsana

Och moviy rangning asosiy afzalliklaridan biri uning universalligidir. U deyarli barcha tashqi ko‘rinish turlariga mos keladi va boshqa ranglar bilan uyg‘unlashadi, bu esa turli xil uslubdagi obrazlarni yaratishga imkon beradi. Moviy rang har kuni kiyiladigan liboslar uchun ham, maxsus holatlar, jumladan, kechki chiqishlar uchun ham juda mos keladi.

Foto: SPOTLIGHT / Proenza Schouler

Bichimlar har qanday bo‘lishi mumkin: nafis maksidan tortib, minimalistik midi yoki bashang minigacha. Drapirovkalar, hajmli applikatsiyalar, to‘rli bezaklar va popuklar - didingizga mos bezaklarni tanlang.

Ko‘k-havo rangdagi ko‘ylak uchun qo‘shimcha aksessuarlarni tanlash qiyin emas: tayanch ranglar modellari ham, yorqin kontrastli ranglar ham mos keladi. Masalan, Armani Prive yarim shaffof matodan tikilgan kostyumni toshlar bilan bezatilgan qora sumka bilan uyg‘unlashtirishni, Fendi esa ko‘ylakni yorqin to‘q sariq qo‘lqoplar bilan boyitishni taklif qiladi.

Foto: SPOTLIGHT / Fendi

Biroq, ko‘ylak - bu faqatgina boshlanishi. Zamonaviy moviy rangdagi klassik ko‘ylak oqning zamonaviy muqobiliga aylanadi va bu rangdagi kostyum yoki shim garderobingizga yangilik kiritadi. Va albatta, har qanday ustki kiyim, shorti va yubka bilan birlashtirilishi mumkin bo‘lgan toplarni unutmang. “Chanel”ning “Spring-Summer 2024” kolleksiyasi bunga ajoyib misol bo‘la oladi, unda qo‘lda tikilgan kristallar bilan bezatilgan rombsimon top taqdim etilgan.

Foto: SPOTLIGHT / Chanel

Moviy rang ko‘p qirralidir. Agar siz xira ranglarga o‘rganmagan bo‘lsangiz, lekin trendda qolishni istasangiz, moviy rangni aksessuarlar yordamida garderobingizga sekin-astalik kiritishga harakat qiling: ko‘k-moviy ro‘mol yoki boshqa bosh kiyimi nafaqat sizning zamonaviy didingizni ta’kidlaydi, balki yuz rangini ham tetiklashtirib ko‘rsatadi va sumka har qanday outfitning ajoyib yakuniga aylanadi.

Foto: SPOTLIGHT / Ermanno Scervino

Foto: SPOTLIGHT / Fendi

Foto: SPOTLIGHT / Ermanno Scervino

Maqolani baham ko'ring

Related articles