Thom Browne Amerika modelyerlar kengashi raisi lavozimida qoladi
Muddat 2026-yilgacha davom etadi
Amerikalik modelyer Thom Browne 2026-yilgacha Amerika modelyerlar kengashi (CFDA) raisi lavozimida qoladi. Braunning o‘rinbosarlari etib Avrora Jeyms va Prabal Gurung tayinlandi.
Thom Browne ushbu lavozimni 2023-yil 1-yanvarda, Tom Fordning 3 yillik faoliyatidan so‘ng egalladi.