Tommy Hilfiger brendi ko‘rgazmasi paromda namoyish etiladi
Shou Nyu-Yorkdagi moda haftaligi doirasida o‘tkaziladi
Amerikaning Tommy Hilfiger brendi MV John F. Kennedy parom (daryo, ko‘l yoki bo‘g‘oz orqali yo‘lovchilar va transport vositalarini olib o‘tadigan yassi tubli kema)ida bahor-yoz 2025 mavsumi uchun ayollar kolleksiyasini namoyish etadi. Shou 8-sentabr kuni Nyu-York moda haftaligi doirasida bo‘lib o‘tadi.
MV John F. Kennedy paromi bir necha o‘n yillar davomida Manxetten va Staten Island o‘rtasida qatnovlarni amalga oshirgan. 2022-yilda kimoshdi savdosida sotilgandan so‘ng, yangi egalari kemani ko‘ngilochar maskanga aylantirishni rejalashtirishdi.
Eslatib o‘tamiz, Nyu-Yorkdagi modalar haftaligi 5-11-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Birinchilardan bo‘lib Ralph Lauren brendi kolleksiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.