Ralph Lauren Nyu-Yorkda moda haftaligini ochib beradi

Taqdimot 5-sentyabr kuni Hamptons kurortida bo‘lib o‘tadi

Foto: Spotlight

Amerikaning Ralph Lauren brendi 5-sentyabr kuni Nyu-Yorkdagi Moda haftaligi doirasida yangi kolleksiyasini birinchi bo‘lib taqdim etadi. Taqdimot Long-Islandning sharqiy qirg‘og‘idagi mashhur Hamptons kurortida bo‘lib o‘tadi.

Foto: Spotlight

“Hamptons shunchaki oddiy joy emas. Bu mening uyim, boshpanam va meni doimiy ravishda ilhomlantirib keladigan maskanim”, – deydi Moda uyining dizayneri Loren.

Shou bo‘lib o‘tadigan joyning aniq manzili bir necha hafta ichida e’lon qilinadi. Ehtimol, taqdimot uchun tanlangan joy Loren oilasi bilan birinchi uyini sotib olgan Montauk shahri bo‘lishi mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin