Toshkentda JKim va Anton Belinskiyning debyut namoyishi bo’lib o’tdi

Sayyor sirk va dorbozlar, muvozanat va o'z o’rnini qidirish.

06 Iyun 2024

25-may kuni JKimning o’zi tug‘ilib o‘sgan Toshkent shahridagi Abu Al-Qosim madrasasida ilk namoyishi bo‘lib o‘tdi. Dizayner Anton Belinskiy bilan hamkorlikda ayollar va erkaklar uchun o’zining debyut universal kiyimlar liniyasini taqdim etdi. 

Namoyish uchun asl tarixiy joy tanlangan. Ushbu meʼmoriy yodgorlik 19-asrdan boshlab gumanitar fanlar boʻyicha shoirlar, xattotlar, noshirlar, tilshunoslar yetishtiriladigan maskan boʻlib xizmat qilgan. To’plam g’oyasi tanlangan joy bilan uyg’unlashib ketgan – bu yerda talabalar doimo yangi uslublar, erkinlik va birlikni izlashga intilganlar.

Modellar madrasa hovlisi bo’ylab ko’rinish berishgan bir vaqtda, boshlari uzra dorbozlar muvozanat saqlagan holda turishar edi. Ular jamoaviy ko’rinishning, shu jumladan sayyor sirkning bir qismiga aylandi. Ularning yo’llari doim borliqda yangi nuqta hamda o’zlarining tutgan o’rinlarini izlash bilan chambarchas bogliq.

O‘zbekistonda dorbozchilik an’anaviy hunari avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Ko’rgazmada ularning muvozanatidan ikkita brend – JKim va Anton Belinskiyning bayroqlari xilpirab turdi.

O’zbek ma’daniyatining rang-baranglik ruhiyati Jenyaning ajdodlariga borib taqaladi – munchoqlar o’rniga tasbeh, orqa fondagi eski ko’zgu, 2000 yildan beri ishlab chiqarilgan avtomobil chiroqlari. Yengil matolardan tikilgan ko’ylaklar erkaklar siluetlari, bomber kurtkalari va arxiv fotosuratlari tushirilgan naqshli kargo shimlari bilan yaqqol ajralib turdi va noziklik va yengillikni ifodaladi. Teplovizor yordamida tunda olingan avtomibil chiroqlari tasvirlari kolleksiyada ayollar qimmatbaho toshlariga qiyoslandi.

Mahalliy rang-baranglik ko’p qavatli kesib olingan buyumlar, cho’ponlar va asosiy «lazzat» siluetida aks etadi. Madrasaning chambarchas bog‘langan tarixi – tor zinapoya va o‘tish joylari, o‘zbek madaniyati an’analaridan, hovlida ulug‘vorlik bilan uchayotgan oppoq kaptarlardan, sodda muhitdan beihtiyor etingiz jimirlashi aniq edi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin