Asosiy xarid: 2024-yil kuzida qaysi jaketlar trendda
Yirik yelkalar qiya yelkalar bilan raqobatlashadi
Gardеrobni jakеtsiz tasavvur etish ancha mushkul. U ofis kundalik kiyimlarining siluеtlarini yakunlaydi, qat’iy tuzilmasi bilan erkin uslubdagi ko‘rinishlarni muvozanatga kеltiradi, ko‘ylaklar va nafis kiyimlar bilan uyg‘unlikda namoyon bo‘ladi.
Jaketga sarmoya kiritganda, klassik qora, shuningdek, shokolad rang, kulrang yoki qaymoq rang tuslaridan birini tanlash mumkin. Eng muhimi, u sifatli materialdan tayyorlangan va yaxshi bichilgan bo‘lishi kerak.
1980-yillardan bizga ulkan yelkalar qaytib kelmoqda. Bunday ortiqcha keng yelkalarni faqat eng zamonaviy kiyinuvchi ayollargina taqishga jur’at qilishi mumkindek tuyuladi. Biroq, ularni nisbatlarni muvozanatga keltiradigan bir-ikki asosiy kiyim bilan uyg‘unlashtirsangiz, vaziyat ancha osonlashadi. Qomatni yanada ingichka siluetlar bilan ta’kidlang va barini katta pidjak ostiga yashiring – bu dadil, ammo jozibali ko‘rinish!
Carven namoyishlarida ustki kiyimlar go‘yo birovning garderobidan olingandek ko‘rinadi – siluetni takrorlash uchun erkaklar bo‘limiga murojaat qilish yoki bir necha o‘lcham kattaroq jaket tanlash maqsadga muvofiq.
Material xususida, kechki tadbirlarga chiqish uchun eng ishonchli tanlov atlas bo‘ladi. Aytgancha, u aksessuarlar va poyabzallarda ham namoyon bo‘lib, garderoblarni to‘ldirib yubordi. Odatiy kostyumbop matolardan tashqari, fakturalar xilma-xilligi sun’iy teri, baxmal va katakli naqshlarni ham o‘z ichiga oladi.