Duxoba: maftun etish san’ati
Shohona hashamat
Duxobaning chuqur tuzilishi va yorug‘lik o‘yini go‘yo ertaklar va saroy ballariga olib kirayotgandek, bu yerda har bir detal did va martabaning ulug‘ligini ko‘rsatadi. Bu materialning tarixi aslzodalik jilosi bilan o‘ralgan: qachonlardir u hokimiyat ramzi, monarxlar va hukmron sulolalarning liboslarini bezaydigan nodir xazina edi. Bugungi kunda duxoba modani yangi bosqichga ko‘tarib, yana bir bor qayta tug‘ilishni boshdan kechirmoqda.
Zamonaviy dizaynerlar duxobani minimalizm nuqtai nazaridan qayta talqin qilmoqdalar. Ushbu materialdan tikilgan sodda kostyumlar, toplar va sport kiyimlari uning kundalik garderobnig bir qismi bo‘lishi mumkinligini isbotlamoqda.
Moda uylari uchun duxoba dadil tajribalar uchun asosga aylandi. Uni Miu Miu va Ralph Lauren kolleksiyalarida uchratish mumkin. Schiaparelli jaket-ko‘ylaklar, Jil Sander kombinezonlar, Balmain klassik shim kostyumlarini yaratdi, Valentino esa Uyg‘onish davridan ilhomlangan havoyiy ko‘ylaklarda matoning klassik jozibasini qayta talqin qildi. Duxobani nafaqat yaxlit ko‘rinishda kiyish, balki boshqa fakturalar bilan uyg‘unlashtirish yoki aksessuarlarni bezashda ham qo‘llash mumkin.
Duxoba – bu ajralib turishga, tafsilotlarni sevishga va hashamat bilan erkinlik o‘rtasidagi muvozanatni izlashga tayyor bo‘lganlarning tanlovi.