Rimda Mario Testino ko’rgazmasi ochildi
Ko‘rgazmani Bonapart saroyida 2024-yil 25-avgustga qadar tomosha qilish mumkin.

24-may kuni Rimdagi Bonapart saroyida moda olamining eng mashhur fotosuratchilaridan biri Mario Testinoning ko‘rgazmasi ochildi. U "Go'zal dunyo" deb nomlangan.
Ko‘rgazmada Testinoning O‘zbekistonga qilgan ekspeditsiyasi davomida suratga olgan asarlar taqdim etilgan. Jumladan: Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo va Buxorolik kelinlarning suratlari, shuningdek, kurashchining surati.

Suratlarni Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasini PR xizmati taqdim etdi
Ko‘rgazmada O‘zbekistonda olingan Axalteke otlarining multimedia fotosuratlari ham taqdim etilgan. Loyiha O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida tayyorlangan.
Ko‘rgazmani Bonapart saroyida 2024-yil 25-avgustga qadar tomosha qilish mumkin.