Toza varaqdan: oq rang kiyamiz
Bahor-yoz 2024 kolleksiyalari ko‘rgazmalarida oq kiyimdagi obrazlar podiumlarni to‘ldirdi
2024-yilning issiq mavsumida eng mashhur rang bu oq rangdir. Bu xulosaga tasodifan kelinmadi. Brendlarning deyarli har bir to‘plamida oq rangni uchratishimiz mumkin.
Koʻrgazmada obrazlarining deyarli hammasini oq rangda taqdim etgan brendlar: Valentino, Acne Studios, Michael Kors, Brandon Maxwell kabi brendlardir. Lekin bular ham hammasi emas. Ranglar ichida tanlangan och ranglar ko‘rinishidagi kostyum-nimcha shunga mos aksessuarlar bilan to‘ldirildi va bu inflyuyenserlar tomonidan tezkor ravishda qabul qilindi. Drapirovka, kesmalar va dekorativ elementlarni o‘zida jamlagan eng noodatiy fasonlar tanlandi.
Uzun yubkalar va toplar, shimlar va bluzkalar, volanli, baskali liboslar uyg‘unligi hech ham zerikarli ko‘rinmasligi mumkin. Turli xil ko‘rinishga ega bo‘lgan bir xillikdan yiroq kesmalarga e’tibor qaratish lozim.
2024-yilda oq rang nafaqat boshqa ranglar bilan raqobatlashyapti, balki yetakchi o‘rinda desak ham adashmaymiz. Elle oq rangdagi obrazlarning bir nechta namunasini to‘pladi.