2024 yil bahor-yoz mavsumining eng zamonaviy va qulay oyoq kiyimi
Va bu klog oyoq kiyimidir.
Ularni qoʻrqinchli deb ham atashdi va "tuyoqli" oyoq kiyimlar trendini qabul qilishdan butunlay bosh tortishdi. Biroq inflyuyenserlarning rasmlarini ko‘rganingizdan so‘ng va bu oyoq kiyimlarni qiziqish uchun kiyib ko‘rganingizdan keyin ulardan voz kecha olmaysiz.
Kloglar XX asrda Yaponiyada paydo bo‘lgan. U paytda kloglarni guruch dalalarida yoki tog‘larda ishlaganda kiyishgan, yuqori sinf vakillari esa kashta naqshlari va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan modellarini ma’qul ko‘rishgan.
Kloglarning klassik versiyasi XV asrda Fransiyada paydo bo‘lgan va ular XX asrning 60-yillarida Yevropa va AQShda mashhurlikka erishgan. Bu hodisa gollandiyalik dizayner Yan Yansen sharofati bilan sodir bo‘lgan. U«klog» deb ataladigan qalin poshnali yog‘och poyabzallarni taqdim etgan.
Universal va qulay bo‘lgan bu oyoq kiyimni garderobingizdagi har qanday element bilan osongina uyg‘unlashtirishingiz mumkin, ayniqsa ochiq ranglilarini. Eng ommalashgan model - bu zamshdan qilingan oyoq kiyim, ammo dizaynerlar ancha qo‘polroq ko‘rinishdagi silliq teridan qilingan variantlarini ham tavsiya etishmoqda. Oyoq kiyimlarning turli xil bog‘ichlari sizning tashqi ko‘rinishingizni boshqa ranglarda ham porlashiga imkon beradi.
Shim va jinsi, turli xil rangdagi shortilar, yubkalar va ko‘ylaklar kloglar bilan ayni mos tushadi. Bir qarashda bunday obraz g‘alati tuyulsa ham, bir muncha vaqt o‘tgach, nomutanosiblik uyg‘unligi effekti tufayli fikringiz o‘zgaradi.
Ko‘rinishni uzun oq paypoqlar bilan to‘ldirishingiz mumkin, eng dovyuraklarga esa jozibali va g‘ayrioddiy uslubdagi variantlar ayni muddao. Kloglarga kelsak, animalistik uslubdagi, shuningdek yorqin va klassik ranglardagi modellar ham mavjud.