BoF BoF500 ro’yxatining birinchi beshta yulduzini eʻlon qildi
Yillik reyting moda sanoatidagi eng nufuzli shaxslarni qamrab oladi
BoF (The Business of Fashion) moda industriyasining eng nufuzli arboblari yillik ro‘yxati – The Business of Fashion 500 reytingiga kirgan birinchi beshta yulduzni e’lon qildi.
TOP-5 roʻyxat:
- Valentinoda o'zining debyut namoyishiini o'tkazadigan Alessandro Mikele;
- "Oskar"ni qo‘lga kiritgan birinchi osiyolik ayol, Balenciaga va Bottega Veneta elchisi Mishel Yeo;
- Investitsiya bankidagi ishini Kering bosh direktori o'rinbosari lavozimiga o'zgartirgan Francheska Bellettini;
- Gap Inc’ga yangi hayot baxsh etgan Zak Pozen;
- Eng zamonaviy basketbolchilardan biri va WNBAning o‘sib kelayotgan yulduzi Anjel Riz.
Qahramonlar portretlar nashr muqovasidan joy oladi. Muqova muallifi rassom Ignasi Monreal.
BoF500 reytingining toʻliq roʻyxati 27-sentabr kuni taqdim etiladi.