BoF BoF500 ro’yxatining birinchi beshta yulduzini eʻlon qildi

Yillik reyting moda sanoatidagi eng nufuzli shaxslarni qamrab oladi

Fotо: Instagram / bof

BoF (The Business of Fashion) moda industriyasining eng nufuzli arboblari yillik ro‘yxati – The Business of Fashion 500 reytingiga kirgan birinchi beshta yulduzni e’lon qildi. 

TOP-5 roʻyxat: 

  • Valentinoda o’zining debyut namoyishiini o’tkazadigan Alessandro Mikele;
  • «Oskar»ni qo‘lga kiritgan birinchi osiyolik ayol, Balenciaga va Bottega Veneta elchisi Mishel Yeo;
  • Investitsiya bankidagi ishini Kering bosh direktori o’rinbosari lavozimiga o’zgartirgan Francheska Bellettini;
  • Gap Inc’ga yangi hayot baxsh etgan Zak Pozen;
  • Eng zamonaviy basketbolchilardan biri va WNBAning o‘sib kelayotgan yulduzi Anjel Riz.

Qahramonlar portretlar nashr muqovasidan joy oladi. Muqova muallifi rassom Ignasi Monreal.

BoF500 reytingining toʻliq roʻyxati 27-sentabr kuni taqdim etiladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin