Mavsumning asosiy yugurish poygasi – Samarkand Marathon-2024 uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda

ELLE O‘zbekiston tadbir hamkori maqomida xalqaro xayriya poygasini qo‘llab-quvvatlaydi

FOTО: O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATINI RIVOJLANTIRISH JAMG‘ARMASI MATBUOT XIZMATI

2 va 3 noyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan "Samarkand Marathon 2024" oltinchi xayriya yugurish musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda. Bu yil jami ishtirokchilar soni 6000 tani tashkil etadi.

Birinchi kuni to‘rt yoshdan katta bolalar uchun yugurish va 2 km masofaga shimoliy skandinavcha yurish o‘tkaziladi. Shu kuni "Samarkand Marathon" poygalar seriyasining barcha tadbirlari uchun madaniy an’anaga aylangan katta konsert bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi kundagi marafonda 42,2 kilometrga, yarim marafonlarda esa 10, 5 va 2 kilometrlarga yugurish rejalashtirilgan. Eshitish va ko‘rish qobiliyati cheklangan shaxslar uchun 5 km masofa belgilandi. 

Samarqandda joriy mavsumda tashkilotchilar tomonidan ilgari surilayotgan ekologik tashabbus - plogging davom ettiriladi. Chiqindi to‘plashda 16 yoshdan boshlab barcha xohlovchilar, bolalar esa ota-onalari bilan birga ishtirok etishlari mumkin. Oxirida hamkorlardan sovrinlar o‘ynaladi.

FOTО: O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATINI RIVOJLANTIRISH JAMG‘ARMASI MATBUOT XIZMATI

Masofalar marshruti Samarqandning tarixiy qismi orqali o‘tadi, u yerda sportchilar shaharning markaziy ko‘chalari bo‘ylab, mamlakatning mashhur me’moriy yodgorliklari va madaniy merosi yonidan o‘z masofalarini bosib o‘tadilar.

"Samarkand Marathon" xayriya yugurish musobaqalari turkumi O‘zbekistonda madaniyat va san’at obyektlarining inklyuzivligi muammosiga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va sport turizmini rivojlantirish vazifalarini hal qilishga yordam beradi.

Poygada ishtrok etish uchun Samarkand Marathon saytida ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Tashkilotchi: O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles