Versace va Dario Vitale

Yangi ijodiy direktor

Foto: INSTAGRAM / VERSACE

Dario Vitale rasman Versace uyining ijodiy direktori etib tayinlandi. Bunga qadar u Miu Miu brendini boshqarib, uning tez sur’atlar bilan o‘sishida hal qiluvchi rol o‘ynagan edi.

“Versace’ning ijodiy direktori bo‘lish hamda Janni va Donatella tomonidan yaratilgan bu o‘ziga xos va qudratli moda uyining bir qismiga aylanish men uchun katta sharaf. Versace – o‘n yilliklar davomida yaratilgan va moda tarixini shakllantirgan noyob merosga ega brend. Menga bo‘lgan ishonchi va Versace kabi ajoyib brendga bo‘lgan cheksiz sadoqati uchun Donatellaga samimiy minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Versace’ning kelajakdagi o‘sishiga o‘z hissamni qo‘shish imkoniyati men uchun katta imtiyozdir,” – dedi Vitale.

Donatella Versace 1997-yildan buyon boshqarib kelgan Versace brendining kreativ direktori lavozimini tark etmoqda.

Maqolani baham ko'ring

Related articles