Chanel o‘z jurnalini yo‘lga qo‘ymoqda
Arts & Culture Magazine iyun oyining oxirida chop etiladi

Chanel brendning so‘nggi besh yil davomidagi san’at va madaniy tashabbuslariga bag‘ishlangan o‘zining Arts & Culture Magazine jurnalini yo‘lga qo‘ymoqda. Jurnalning birinchi soni iyun oyining oxirida chiqadi va dunyoning 20 ta kitob do‘konida taqdim etiladi. Bu tashabbus brendning bosma nashrlar va kitob do‘konlarini qo‘llab-quvvatlash kampaniyasining bir qismiga aylandi.
250 sahifadan iborat birinchi son san’at asari ko‘rinishida tayyorlangan va dunyoning 20 ta shahrida sotuvga chiqariladi. Jurnal muqovasida 1921-yilda Jak Lipshits tomonidan yaratilgan va Chanel’ning qadimiy quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklari bilan bezatilgan Gabriel Shanel byusti tasvirlangan.