Birinchi Buxoro biennalesi kelasi yildan boshlanadi

Debyut nashr "Singan qalblar uchun malham" ko‘rgazmasi bo‘ladi

Fotо: O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi matbuot xizmati

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi 2025-yilning 5-sentyabridan 20-noyabrigacha bo‘lib o‘tadigan ilk Buxoro biyennalesini e’lon qildi. Bu o‘ziga xos voqea butun dunyo rassomlari va ustalarini O‘zbekiston madaniy merosining qoq markazida suhbatlashish, ijod etish va fikr almashish uchun birlashtiradi. 

Debyut nashr «Singan qalblar uchun malham» deb nomlangan ko‘rgazma bo‘lib, unda san’at va madaniyatning davolovchi kuchi jamoa ishtiroki orqali o‘rganiladi. Badiiy direktor va kurator vazifasini Diana Kempbell, arxitektura bo‘yicha ijodiy direktor lavozimini esa Vael Al Avar bajaradi.

Fotо: O’zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi matbuot xizmati

Tadbir vizual, oshpazlik, tasviriy san’at, to‘qimachilik, hunarmandchilik, musiqa, raqs va shahar me’morchiligini o‘zida mujassam etadi. Ko‘rgazma Fayzulla Xo‘jayev uy-muzeyi, Mir Arab madrasasi, Magoki Attor masjidi, Kalon minorasi va Olimjon karvonsaroyida tashkil etiladi.

Fotо: O’zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi matbuot xizmati

Bundan tashqari, biyennaleda Gabriel Chaile, Liu Chuang, Antony Gormley, Subodh Gupta, Gulnoza Irgasheva, Darya Kim, Bekzod Boltayev, Delcy Morelos, Wael Shawky, Marina Perez Simao va Himali Singh Soin kabi turli sohalar yo‘nalishlarida ijod qiluvchi rassomlarning asarlari namoyish etiladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin