Bottega Veneta maxsus mijozlar uchun qarorgoh ochdi

Butik Nyu-Yorkdagi Madison avenyusida joylashgan

Foto: instagram / newbottega

Bottega Veneta moda uyi Nyu-Yorkdagi Madison avenyuda maxsus mijozlar uchun qarorgoh ochdi. Butikda kutib olish nonushtasi va kitob mutolaasi marosimlari o‘tkazildi.

“Biz haqiqatan ham bu joyni sevgan narsalarimiz bilan to‘ldirishga intildik, chunki qarorgohlar asosiy qadriyatlarimizni aks ettiradi va ikki muhim shahar (Nyu-York va Venetsiya) o‘rtasidagi muloqotni rivojlantiradi”, – dedi bosh direktor Leo Rogone.

Ilgari brend o‘tgan yilning iyun oyida Venetsiyada, Palazzo Soranzo Van Akselda xuddi shunday qarorgohlarni ochgan edi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin