Burberry kuzgi kampaniyani namoyish etdi

Unda 2024-yilgi kuz-qish mavsumining podium to‘plamidan modellar namoyish etilgan

Fotо: Instagram / Burberry

Britaniyaning mashhur Burberry moda uyi 2024-yil kuz mavsumi uchun o‘z kolleksiyasi kampaniyasini namoyish etdi. Unda, shuningdek, 2024-yil kuz-qish mavsumining podium yoʻnalishidagi  modellarning ham taqdimoti boʻlib oʻtdi. To‘plamni yaratish ustida ijodiy direktor Daniel Li ish olib bordi. Suratga olish jarayonlari Jodie Kidd va Akbar Shamji tomonidan amalga oshirildi. 

Toʻplamning ichidan brendning an’anaviy uslubida bezatilgan trenchlar, sviterlar, yoqali vodolazkalar, yubka va shimlar oʻrin egalladi. Ushbu yoʻnalishdagi liboslar jigarrang, qaymoq rang, toʻq yashil hamda moviy ranglardan iborat. Aksessuarlar qatorini sumkalar va klassik uslubda boʻlgan poyabzallar  toʻldirdi.

Kuz 2024 kolleksiyasini Burberry brendining rasmiy saytida buyurtma qilish mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin