Chloé yangi qishki kampaniyasini taqdim etdi

U yangi ijodiy direktor Chemena Kamalining ilk to‘plamiga bag‘ishlangan

Fotо: Instagram / Chloe

Chloé moda uyi 2024-yilgi qish mavsumi uchun yangi reklama kampaniyasini taqdim etdi. Bu kampaniya brendning yangi ijodiy direktori Chemena Kamalining debyut podium kolleksiyasiga bag‘ishlangan.

Kampaniyaning yuzi sifatida modellar Kaia Gerber, Rianne Van Rompaey, Yar Aguer, Rosalieke Fuchs va Diane Chiu tanlandi. Suratlarni David Sims tasvirga olgan.

“Ushbu suratlar orqali men kinematografik ehtirosni anglatmoqchi edim”, - deydi Kamali. Yangi ijodiy direktorning ikkinchi kolleksiyasi 26-sentyabr kuni Parijda moda haftaligi doirasida namoyish etiladi.

Chloé brendi rasmiy sayti orqali 2024-yilning qish kolleksiyasiga buyurtma berish mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin