Coach yangi sumkalar reklamasini namoyish etdi

Bosh rolda Elle Fanning ishtirok etdi

Fotо: Instagram / Coach

Amerikaning Coach aksessuarlar markasi yangi sumkalar kampaniyasini namoyish etdi. Reklama roligida bosh rolni Elle Fannning ijro etdi, shuningdek, Charles Melton, Nagey va Lee Young Jee ham ishtirok etdi. Reklama shiori “Mardlik – haqiqiy bo‘lish”.

Reklama roligida qahramonlar stressli vaziyatlarga duch keladi va ularga bu vaziyatlardan chiqishda sumka yordam beradi. Suratga olish jarayoniga Camille Summers-Valli, suratlarga Elaine Constantine, shuningdek, stilistlar Olivier Rizzo va Samantha McMillen mas’ul edi. 

Yangi to‘plamga mashhur sumka modellari: Tabby Bag, Brooklyn va Hitch ryukzagi kiritilgan. Yangi mahsulotlarni Coach brendining rasmiy saytidan xarid qilishingiz mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin