Coperni yangi Ariel Swipe Bag sumkasini namoyish etdi

U Rapid Liquid Print texnologiyasi asosida 3D print yordamida yaratildi

Fotо: Instagram / sebastienmeyer

Coperni modalar uyi o’zining kolleksiyasida 2025-yil bahor-yoz mavsumi yangiligi  – “Ariel Swipe Bag”ni namoyish etdi. Bundan avval brend Minni Maus uslubidagi tuflilarni taqdim etgan edi. To‘liq kolleksiya Parijda moda haftaligi doirasida namoyish etiladi.

 

https://www.instagram.com/coperni/p/DAV04EHNdY_/

Yangi Swipe Bag qayta ishlanadigan silikondan Rapid Liquid Print texnologiyasidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan. An’anaviy qatlamli 3D bosma bilan solishtirganda, RLP jarayoni suvli gelda uch o‘lchamli obyektlarni yaratishga imkon beradi. Ushbu texnologiya yordamida og‘irlik kuchi bosimi ta’sir qilmaydigan yumshoq va cho‘ziluvchan mahsulotlarni yaratish mumkin.

Sumka qo‘shimcha ishlov berishni talab qilmaydi va chop etilgandan so‘ng darhol foydalanishga tayyor. 

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin