Dior va Harrods Londonda pop-up do‘konini ochdi

Do‘kon vitrinalari Lady Dior va Miss Dior sumkalari bilan bezatilgan

Fotо: Instagram / Dior

Dior modalar uyi hamda Britaniyaning Harrods univermagi o‘rtasidagi 70 yillik hamkorlik sharafiga Londonda yozgi pop-up (xaridorlar e’tiborini jalb qilish va savdoni oshirish maqsadida ochiladigan vaqtinchalik do‘kon)ning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Do‘kon vitrinalari Lady Dior va Miss Dior ramziy modellarining yorqin rangdagi sumkalari bilan bezatilgan.

Pop-upda, shuningdek, Dior ayollar yo‘nalishi ijodiy direktori Maria Grazia Chiuri tomonidan ishlab chiqilgan bir nechta quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklar, taqinchoqlar, poyabzal va boshqa aksessuarlar modellari kiritilgan kuz-qish 2024 to‘plami ham taqdim etilgan.

  

Londonning “Harrods x Dior” do‘koniga 25-avgustgacha tashrif buyurish mumkin. 

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin