ELLE O‘zbekiston birinchi raqamli muqovani taqdim etadi

Uning bosh qahramoni o‘zbekistonlik dzyudochi, 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibasi, Osiyo chempioni va jahon chempionati sovrindori Diyora Keldiyorova bo‘ldi

Diyora Keldiyorova Parij-2024 Olimpiadasida dzyudo bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston tarixidagi birinchi ayol sportchi bo‘ldi. Uning g‘alabalar silsilasi 2013-yilda Nankinda bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarining bronza medalidan tortib, Osiyo va jahon chempionatlaridagi ko‘plab g‘alabalargacha bo‘lgan muhim yutuqlarga boy bo‘ldi.

Diyoraning egnida: Miu Miu jaketi

Sportchi Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi hisoblanadi. U ikki marta 2016 va 2018-yillarda dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori bo‘lgan. Biroq, 2019-yil uning faoliyatidagi muhim yil bo‘ldi: Diyora (BAA) Al-Fujayrda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati finalida mo‘g‘ul raqibasi Lxagvasurengiin Sosorbaramni mag‘lub etib, 52 kg gacha vazn toifasida Osiyo chempioniga aylandi.

Diyoraning egnida: The Row ko‘ylagi, Alexander McQueen mono-sirg‘asi

Keldiyerova sport karyerasining eng yuqori cho‘qqisi 2024-yil 28-iyulda Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlaridagi g‘alabasiga to‘g‘ri keldi. U O‘zbekistonga yozgi Olimpiya o‘yinlarining birinchi oltin medalini olib keldi va o‘zining mahorati hamda qat’iyati bilan millatni ilhomlantirdi.

Diyoraning egnida: Moncler vetrovkasi, Valentino yubkasi

ELLE O‘zbekiston digital-muqovasini suratga olish uchun sportchi o‘z shaxsiyatining yangi qirralarini ochib beruvchi tanlangan obrazlarni sinab ko‘rdi.

Diyoraning egnida: Saint Laurent plashi, Bottega Veneta sirg‘asi

Diyoraning egnida: Tom Ford ko‘ylagi, Alexander McQueen ko‘ylagi

Diyoraning egnida: Loro Piana jaketi

Diyoraning egnida: Loro Piana jaketi va jinsi, stilist shaxsiy to‘plamidan tumor

Diyoraning egnida: Brunello Cucinelli paltosi, Jacquemus sirg‘asi, Gianvito Rossi tuflisi

Ushbu suratga olish jarayonida Diyora Keldiyorova egnida namoyish etilgan barcha obrazlarni Glamour Avenue Department Store do‘konidan xarid qilish mumkin.

Model: Diyora Keldiyorova
Photo: Asal Djuraeva
Video: Shoira Khakimova
Producer: Natasha Kasatkina
Editorial Team: Polina Agliamova
Line producer: Dmitriy Sirenev
Photo: Asal Djuraeva
Style partner: Glamour Avenue
Styling: Nargiza Ayupova
MUAH: Elmira Kambekova

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin