Gigi Hadid Rabanne yangi iforining yuziga aylandi

Bu atir Million Gold for Her nomini oldi

Fotо: Instagram / Rabanne

Mashhur model Gigi Hadid Rabanne’ning “Million Gold for Her” ifori yuziga aylandi. Yangi atir ishonch va muvaffaqiyat ramzini ifodalaydi.

“Men doimo Rabanne’dan foydalanib kelganman va bu kampaniyada qatnashish men uchun katta sharaf hamda mamnuniyat”, – deya  ta’kidlaydi Hadid.

 

Atirning hidi oq gullar va mineral mushk iforlarining uyg‘unligidan iborat. Flakon ko‘p qirrali oltin rangdagi shishadan yasalgan bo‘lib, XL nomi bilan mashhur bo‘lgan zanjir bilan bezatilgan.

Yangi atirni Rabanne brendining rasmiy saytida buyurtma qilish mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin