Gucci bayram kampaniyasining ikkinchi qismini taqdim etdi

Kampaniya yuzlari Kendall Jenner, Kirsti Xyum va qizi Vayolet hamda Yannik Sinner bo‘ldi

Fotо: Instagram / gucci

Gucci modalar uyi bayram kampaniyasining ikkinchi qismi – “To the Mountains”ni taqdim etdi. Kampaniya yuzlari Kendall Jenner, Kirsti Xyum qizi Vayolet bilan va tennischi Yannik Sinner tog‘ manzaralari fonida suratga tushishdi. Fotosuratlar muallifi Entoni Seklaui.

 

Kampaniya sumkaning yangi modellarini namoyish etdi: yaltiroq logotipga ega maxsus mo‘ynali GG Marmont Handbag va metall rangidagi qayta ishlab chiqarilgan GG Monogram Duffle Bag.

Bayram to‘plamini Gucci brendining rasmiy veb-saytida xarid qilish mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin