Hailey Bieber

Go‘zallik sanoatining trendsetteri

foto: Spotlight

Ko‘pchilik Hailey Bieber o‘zining mashhur turmush o‘rtog‘i Justin Bieber tufayli tanilgan deb o‘ylaydi. Ammo u mustaqil ravishda go‘zallik industriyasining ikonasiga aylanishga erishdi.

foto: Spotlight

Modellik faoliyatini boshlagan Hailey dastlab mavjud tendentsiyalarga ergashib, o‘z uslubini izladi. Bugun esa uning kosmetika brendi sotuv rekordlarini yangilamoqda, millionlab qizlar uning pardozi, soch turmaklari va ko‘cha uslubidagi obrazlaridan ilhomlanmoqda.

foto: Spotlight

Yulduz ildizlari

Hailey Gollivud aktyori Stephen Baldwin oilasida dunyoga keldi. Olamshumul tadbirlar va qizil gilamlar uning bolaligidan hayotining bir qismiga aylandi. Yoshligida u balerina bo‘lishni orzu qilgan, ammo oyog‘idagi jarohati tufayli bu yo‘ldan voz kechishga majbur bo‘ldi.

?igsh=MTNpd2ttOXFqdnprYg==

Podiumdagi g‘alaba

2014-yilda Hailey Ford Models modellik agentligi bilan shartnoma imzoladi va podiumda debyut qildi. Vogue USA jurnali uni yuksalayotgan yulduz deb atadi va bir yil o‘tgach, u nashr muqovasida paydo bo‘ldi. Modellik karyerasi tez sur’atda rivojlandi: Hailey yetakchi brendlar bilan ketma-ket shartnomalar imzoladi.

foto: Spotlight

foto: Spotlight

"Bibermaniya"

2018-yilda Hailey Justin Bieber turmushga chiqib, Hailey Bieber nomi ostida hayotining yangi bobini boshladi. Juftlik tez orada dunyodagi eng ko‘p muhokama qilinadigan mashhurlardan biriga aylandi. Haileyning har bir chiqishi batafsil tahlil qilinadi: uning obrazlari nusxalanadi, muhokama qilinadi va maqtovga sazovor bo‘ladi. Shu bilan birga, Haileyning shaxsiy brendi, Justinning sobiq sevgilisi Selena Gomez bilan doimiy taqqoslashlarga qaramay, o‘sishda davom etdi. Hatto xonandaning muxlislari ikki guruhga bo‘linib ketdi: “Hailey jamoasi” va “Selena jamoasi”.

Go‘zallik sohasidagi yutuq

2022-yilda Hailey o‘zining Rhode kosmetika brendini ishga tushirdi. Bu paytga kelib, u allaqachon tan olingan trendsetter bo‘lib ulgurgan edi: uning soch turmaklari, pardozi va hatto manikyuri millionlab odamlarga ilhom berardi. Hailey ijtimoiy tarmoqlarda o‘z obrazlarini faol ravishda ulashadi va uning “Shakar pari” yoki “Qulupnay pardozi” kabi o‘ziga xos uslublari bir zumda trendga aylanadi.

foto: Spotlight

Bugun, 22-noyabr kuni, Hailey 28 yoshga to‘lmoqda. Biz uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklaymiz va butun dunyo bilan birga bu iste’dodli va nozik qizning yangi yutuqlarini kuzatib boramiz.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin