Haider Ackermann Canada Goose uchun ilk to‘plamini namoyish etdi

Ethan Hawke Kuz-qish kampaniyasining yuzi bo‘ldi

Foto: instagram / canadagoose

Kolumbiyalik fransuz dizayneri Haider Ackermannn Snow Goose by Canada Goose brendining ijodiy direktori sifatida o‘zining ilk kolleksiyasini taqdim etdi. Kuz-qish kampaniyasining yuzi aktyor va yozuvchi Ethan Hawke bo‘ldi. Suratlar muallifi – Villi Vanderperre.

Kolleksiya 60 dan ortiq mahsulotni o‘z ichiga olgan: issiq kurtkalardan tortib 2000-yillar modellaridan ilhom olingan shlyapagacha. Dizaynerning aytishicha, u brend arxivlarini qayta ko‘rib chiqishga intilgan: “Men 60-yillardagi barcha bu narsalarga nazar tashladim, ular ajoyib edi, masalan, yorqin pushti rangdagi kurtkani olaylik. Shunda men avvalgi holatga qaytish kerak degan qarorga keldim”.

Haider Ackermann Snow Goose by Canada Goose uchun yiliga ikki marta to‘plam taqdim etadi. Shuningdek, u Tom Ford brendining ijodiy direktori ham bo‘ldi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin