Keyingi bekat – Qand va The Butter Dinner Club

Yangi shokolad ta’mi taqdimoti bilan metrodagi kechki ovqat

foto: Veronika Lomukhina

Yuqori sifatli qo‘lda ishlangan shokoladlarning milliy brendi bo‘lgan “Qand” va o‘xshash qadriyatlarga ega odamlarni birlashtirgan “The Butter Dinner Club” hamjamiyati Toshkent metropolitenini ommalashtirish maqsadida ikkita tadbir o‘tkazdi.

Birinchi kechki ovqat 27-iyul kuni Qand butikida norasmiy tarzda, pre-party formatida, ikkinchi kechki ovqat – asosiy tadbir esa 4-avgust kuni Toshkent metropolitenining Alisher Navoiy bekatida bo‘lib o‘tdi.

foto: Veronika Lomukhina

Ikkala tadbir ham, aslida, O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga nazar solish, metropolitenni yangicha qiyofada ko‘rish va tarixda qoladigan noyob loyihaning bir qismi bo‘lish imkoniyatidir. Ikkala tadbir ham nafaqat transport tizimi, balki O‘zbekiston tarixi va qadriyatlarining jonli ifodasi bo‘lgan Toshkent metropolitenining alohida ahamiyatini ta’kidlashga qaratilgan. Me’moriy go‘zalligi va badiiy bezagi bilan mashhur Alisher Navoiy bekati ushbu noodatiy oqshom uchun ideal joy sifatida tanlandi.

foto: Abdurakhim Aslanov

27-iyul kuni mehmonlar Qand butikida The Butter Dinner Club tomonidan pre-party va kechki ovqatga taklif qilindi. Kechki ovqat konsepsiyasi shokolad atrofida qurilgan: asosiy taomdan tortib shirinliklargacha bo‘lgan menyudagi har bir pozitsiya shokolad bilan boyitilgan edi. The Butter Dinner Club hamjamiyati asoschisi Go‘zal Said taniqli restoranlardan ham, xususiy oilaviy uy bekalaridan ham taomlar uchun retseptlarni to‘plagan.

foto: Veronika Lomukhina

Asosiy tadbir 4-avgust kuni «Alisher Navoiy» metro bekatida bo‘lib o‘tdi. Yer osti lokatsiyasiga «sho‘ng‘ish» jarayonida mehmonlar shuningdek «ajdodlar shivir-shiviri»ga ham sho‘ng‘ib ketishdi: ularni Alisher Navoiyning eski o‘zbek tilidagi g‘azallari bitiklari kutib oldi.

foto: Veronika Lomukhina

Tadbirda Qand rejissyori va ijodiy direktori Anvar Safo tomonidan suratga olingan qisqa metrajli film premyerasi bo‘lib o‘tdi. Suratda Toshkent metropolitenining qurilishi haqida hikoya qilingan, shuningdek, tomoshabinlar oxirgi marta 1984-yilda televideniyeda ko‘rgan arxiv kadrlari namoyish etilgan.

Film premyerasidan so‘ng tadbirning faxriy mehmoni – «Alisher Navoiy,» «Tinchlik,» «Hamid Olimjon,» «Bodomzor» va «Olmazor» metro bekatlari me’mori Yashnar Mansurov sahnaga taklif etildi. U katta arxitektorlar jamoasi bilan birga bu stansiyalarni yaratish ustida ishladi. Yashnar Mansurov «Alisher Navoiy» bekati arxitekturasi va 1984-yilda qo‘llanilgan noyob texnologiyalar haqida so‘zlab berdi.

foto: Stanislav Boyko

Tadbirning rasmiy qismidan so‘ng mehmonlar dasturxonga taklif qilindi, uning konsepsiyasi ham Go‘zal Said tomonidan ishlab chiqildi. Kechki ovqat interaktiv formatda bo‘lib o‘tdi. Uning konsetsiyasi metro haqidagi filmdan ilhomlangan. Filmda tasvirlangan harakatlar va obyektlar dasturxondagi kechki ovqat konsepsiyasida ham takrorlanib, mehmonlarni ovqat tanovul qilish jarayoniga boshqacha qarashga chaqirdi.

Tadbirning asosiy bloklaridan biri Qand brendining “Metro” nomli shokoladli konfetlarining yangi ta’mini tatib ko‘rish bo‘ldi. Brend asoschisi, kasb bo‘yicha muhandis-konstruktor Saidakmal Vahobov yangi didni yaratishda mahsulotga professional nuqtayi nazardan qarashga qaror qildi. Saidakmal konfet ichida metro konstruksiyasini takrorladi, shuningdek, organik mahsulotlar yordamida metro hidining timsolini obrazli ravishda qayta tiklay oldi. Bu ta’m faqat 31-avgustgacha Qand butikida mavjud bo‘ladi.

foto: Veronika Lomukhina

Marosim mehmonlari O‘zbekistonda elektron musiqaning yetakchilaridan biri, Sublimation yorlig‘i hammuassisi Dj Sabine seti jo‘rligida kecha muhitidan bahramand bo‘lishdi.

foto: Veronika Lomukhina

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin