Lyst platformasi eng taniqli brendlar ro‘yxatini taqdim etdi

Reytingda Ispaniyaning Loewe moda uyi yetakchilik qildi

Fotо: Instagram / Loewe

Britaniyaning Lyst onlayn platformasi 2024-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha eng ommabop brendlar reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Loewe brendi, keyingi o‘rinlarni esa Miu Miu va Prada brendlari egalladi. Birinchi o‘ntalikka Saint Laurent, Bottega Veneta, Versace, Balenciaga, Jacquemus, Moncler va Gucci brendlari ham kirdi.

 

Lyst platformasi – premium va hashamatli brendlar uchun onlayn riteyler (internet orqali chakana savdo) hisoblanadi. Kompaniya internetda eng ko‘p munosabat bildirilgan brendlarning yillik va oraliq reytinglarini e’lon qiladi. 

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin