Lyudovik de Sen-Sernen galdagi kolleksiyasini Jan Pol Gaultier uchun yaratadi

Ko‘rgazma 2025-yil yanvar oyida bo‘lib o‘tadi

Fotо: Instagram / Jeanpaulgaultier

Jan Pol Gaultier uchun belgiyalik modelyer Lyudovik de Sen-Sernen kutyur to‘plamini yaratadi. Ko‘rgazma 2025-yil yanvar oyida bo‘lib o‘tadi.

Lyudovik de Sen-Sernen 2017-yilda o‘z brendini ishga tushirdi. 2022-yildan 2023-yilgacha u Ann Demeulemeester brendining kreativ direktori ham bo‘lgan. 

2020-yildan boshlab Jean Paul Gaultier uchun kolleksiyalar taklif qilingan dizaynerlar tomonidan yaratilgan. Ular orasida oldingi mavsumlarda Hayder Akermann (Tom Ford ijodiy direktori), Olive Rusteng (Balmain), Glenn Martens (Diesel ijodiy direktori), Titose Abe (Sacai), Jyulen Dossen (Rabanne ijodiy direktori) va Simon Rosh bor edi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin