Met Gala 2024: barchasi taqinchoqlar haqida

Yuzlab karatli taqinchoqlar kamera obyektivida.

06 Iyun 2024

Dunyo moda sanoatining barcha vakillari may oyining birinchi dushanbasini boshqacha hayajon bilan kutishadi. Ajoyib liboslar va eng muhimi, zargarlik buyumlari kamera obyektivlarida porlaydi va son’gra Internet bo'ylab ko'plab sharhlarda tarqaladi.

2024 yilgi Met Gala “Uyqudagi go‘zallar: modaning uyg‘onishi’’ mavzusida o’tkazildi. Dress-kod sifatida esa J. G. Ballardning 1962 yildagi hikoyasidan ilhomlangan holda "Vaqt bog'i" tanlandi. Arxiv liboslarining qayta talqini, gullar va qushlar, qumli va yog'och liboslar - biz qizil yo’lakdagi ko'rinishlarni bu maqolada yoritgan edik va bu ko’rinishlarni ko’p karatli zargarlik buyumlari bezab turdi. 

Jennifer Lopez bo'ynida Blue Book to’plamidan bo’lgan Tiffany Celeste Tiffany & Co marjoni yarqirab turar edi. Uning barmoqlarida Jean Schlumberger Bird on a Rock uzugi, qo'llarida esa xuddi shu brendning bilaguzuk taqilgan edi. Bu taqinchoqlar tosh ustida o'tirgan kakadu qushini eslatadi – bu talqin birinchi marta 1965 yilda taqdim etilgan.

Cardi B Widowsenning qora rangdagi ko'rinishini Kamyen Jewelry'dan jami 127,42 karat olmos va 127,42 karat zumraddan qilingan sirg'alar, marjonlar, bilaguzuk va uzukdan iborat to'liq to'plami bilan to’ldirdi.

Chanel ambassadori bo'lgan Penelopa Kruz qora to’rli ko'ylak kiyibgina qolmay, balki uni Tweed kolleksiyasidagi taqinchoqlar bilan to'ldirdi – yungli mato tikuvchilar uchun ilhom manbai bo'ldi.

Linda Evangelista ohirgi sakkiz yil ichida birinchi marta Met Galada paydo bo'ldi. Uzun qo'lqopli qordek oppoq Khaite ko'rinishi Ana Khouri turmalin sirg'alari bilan tugallangan edi.

Pamela Anderson birinchi marta balga tashrif buyurdi. O'zining ilk ko'rinishi uchun u Oscar de la Renta libosini tanladi va uni laboratoriyada yaratilgan pushti va oq Pandora olmoslaridan yasalgan ikki qavatli marjon bilan to'ldirdi. Ularning umumiy og'irligi 200 karatdan oshadi.

Supermodel Anok Yay to’liq Swarovski ko’rinishida tashrif buyurdi. Tul kombinezon ko'k rangining barcha tuslaridagi 98 000 ta kristall bilan bezatilgan edi. Created Diamonds Galaxy marjoni shundoq ham yorqin bo’lgan ko'rinishni to'ldirib turar edi. 

Emma Chemberlenning gotika uslubidagi ko’rinishi 640 soat davomida yaratilgan shokolad rangidagi ean Paul Gaultierning to'r libosini o’z ichiga oldi. Bu libosga Cartier Nature Sauvage taqinchoqlari hamrohlik qildi.

Cartier ambassadori bo’lgan Elle Fanning Met Gala uchun brendning arxiv taqinchoqlarini tanladi. 2007 yilda yaratilgan oq oltin va olmosli marjonlar va 1926 va 1929 yillarda yaratilgan kamarli bilaguzuklar yelkalari billur qushlar bilan bezatilgan nozik Balmain libosini to'ldirib turdi.

2024 yil Met Galada gullar va qushlar yetakchilik qildi va buyuk brendlar Alexander McQueen va Jon Galliano g'oliblarga aylanishdi – ushbu maqolada aynan shu haqida yozilgan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles