O’zbekona Bir Oqshom

Uyda non bo‘lsa, baxt ham bo‘lur!

Har bir viloyatda o‘zbek yopgan nonining an’anaviy pishirish uslubi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu holatda  o‘zgarmaydigan jihat bor. Bu – nonga bo‘lgan cheksiz hurmat ifodasidir.

Shahar tashqarisida, qishloqda yopilgan nonning shahardagi nonvoyxonadan farqi borligini har bir shaharlik yaxshi biladi. Kimdir buni qishloqdagi  toza ob-havo bilan bog‘lasa, kimdir  nondagi farq unning navidan deb biladi, yana kimdir esa hamma gap bu nonni pishirayotgan odamlardan ekanligiga ishonchi komil.

Yopgan nonlar kuniga bir necha marta  yangi pishiriladi. Nonlar tong sahardan, keyin tushlikka, undan so‘ng esa kechki ovqatga yangi pishirilib, tandirdan uziladi. Ko‘p hollarda, bu  oilaviy an’ana sifatida avloddan avlodga o‘tadi. O‘zbeklar uchun non yopish muqaddas jarayon sanaladi. Shuning uchun xamirni muhabbat va toza qalb bilan  qorish juda muhim.

O‘zbek noni xalqimizning mehmondo‘stlik  va mehnatsevarlik xislatlarini namoyon etadi. An’anaga binoan, dasturxonga eng avval non qo‘yiladi. Uni ushatganda esa birinchi bo‘lagi dasturxon atrofida o‘tirgan yoshi eng katta insonga uzatiladi.

Deyarli barcha an’anaviy marosimlar nonsiz o‘tmaydi. Unashtiruv marosimida  ham non rozilik belgisi sifatida  sindiriladi, holva va shirinliklar bilan birga “kulcha”ga solinib, qo‘shnilarga, yaqinlarga ulashiladi. Bu esa shu kulchani tarqatayotgan inson xonadonida yaqinda to‘y ekanligidan darak beradi. Avvallari nonni armiyaga ketayotgan yosh askar yigitlarga ham tishlatishgan. Bejizga “Nonning hidida hayot mujassam” deb aytishmagan. 

  • Prodyuser: Isfandiyor Baxtiyor Valiev
  • Art Direktor & fotograf: Abdulbosit Valiev
  • Modellar: Nisanbekova Madina & Yuldasheva Fatima, NNMODELAGENCY
  • Hairstyle & MUAH: Laziza Bekmukhamedova
  • Zargarlik buyumlari: Anor Couture
Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin