Qizlar har xil bo‘ladi

"Ayollarga xos bo‘lmagan kasblar" haqidagi stereotiplarning dastlabki buzuvchilari

foto: Tapish/Unsplash

Qadim zamonlardan beri kasblar ayollar va erkaklar kasblariga bo‘lingan. Ba’zi mamlakatlarda ayollarga ishlashga umuman ruxsat berilmagan. Kasblar esa jins belgisiga ko‘ra faqat erkaklar qila oladigan va erkaklar qilishi yarashmaydigan kasblarga bo‘linardi. Biroq zamon o‘zgarib, ayollar dadillashib, ko‘proq maqsadlarga erishdilar va hamma tengligini, erkaklar kasblari «zaif jins» vakillari uchun ham bo‘la olishini isbotladilar. Dastlabki stereotiplarni buzuvchi ayollar tarixi bilan tanishamiz.

Taksi shturvali ortida

Taksi haydovchisi bo‘lgan birinchi ayol 1908-yilda nemis millatiga mansub Elizabeth von Papp bo‘lgan. Beva turmush o‘rtog‘i vafotidan so‘ng muhtojlik va oilani boqish ehtiyoji tufayli bu kasbga kirishga qaror qilgan. Elizabeth Berlindagi taksi haydovchilari maktabida tahsil olgan va uzoq vaqtgacha bu kasbda yagona ayol bo‘lib qolgan.

foto: Markus Spiske/Unsplash

Osmondagi parisi

Raymonde de Laroche – birinchi ayol-aviator. Aktrisaning parvozlarga bo‘lgan muhabbati havo sharlariga bo‘lgan qiziqishidan boshlangan. Keyin samolyotda sinov parvozlari bo‘lib o‘tgan va 1910-yilda u uchuvchi guvohnomasini olgan. Shundan so‘ng Raymonde vafotiga qadar uchgan.

foto: Julio Wolf/Unsplash

Bo‘ysundirilgan alanga

Dunyoda birinchi ayol o‘t o‘chiruvchi Molly Williams edi. Kelib chiqishi afrikalik bo‘lgan sobiq qul Nyu-Yorkdagi o‘t o‘chirish brigadasi xo‘jayiniga xizmat qilgan. Bir kuni boshlig‘i Mollyni o‘zi bilan yong‘inni o‘chirishga olib boradi va qizning jasorati va qobiliyatini ko‘rib, o‘ylab-netib o‘tirmay uni komandaga qabul qiladi.

foto: Townsend Walton/Unsplash

So‘z erkinligi uchun

Birinchi ayol jurnalist Nellie Bly bo‘lgan. U dolzarb mavzularda maqolalar yozishdan, ijtimoiy muammolar haqidagi haqiqatni ochib berishdan qo‘rqmasdi. Nellie, shuningdek, Birinchi jahon urushi frontlaridan reportajlar yozgan.

foto: Jaydn Scandora/Unsplash

Dasturlash sohasida birinchi

IT-texnologiyalarning boshida shoir George Byronning qizi turardi. O‘sha davrlarda «dasturchi» kasbi mavjud emas edi, gender ta’rifi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Ada Lavleys dastlabki kompyuter dasturlari uchun poydevor bo‘lgan uchta algoritmik dastur yaratgan. Birinchi dasturlash tili uning nomi bilan atalgan – «ADA.»

foto: Bert B/Unsplash

Olma bilan birinchi

Butun dunyoga mashhur Apple kompaniyasining direktori 90-yillarda Ellen Hancock bo‘lgan. Aynan u kompyuterning har qanday foydalanuvchisi uchun tushunarli va ommabop bo‘lgan qulay operatsion tizim yaratish g‘oyasini taklif qilgan. Bundan tashqari, Ellen o‘sha paytda Steve Jobsga tegishli bo‘lgan moslashuvchan NEXT tizimini sotib olishni taklif qilgan. Shundan so‘ng Jobs yana Apple safiga qo‘shilgan.

foto: Marissa Lewis/Unsplash

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin