Rianna J’Adore Dior parfyumining yuziga aylandi

U Sharliz Teronning o‘rnini egalladi

19 Iyun 2024

Dior uyi Riannani J’Adore Dior parfyumining yuzi deb e’lon qildi. U 20 yil davomida parfyumeriya elchisi bo‘lib kelgan Sharliz Teronning o‘rnini egalladi.

“1999-yilda tashkil etilganidan beri J’Adore har doim kuchli, g‘alaba qozongan va ilhomlantiruvchi ayollar tarafida bo‘lib kelgan. Rianna – zamonamiz malikasi, ilhomlantiruvchi shaxs va ayollar kuch-qudratining ramzi”, – deya ta’kidlaydi Véronique Courtois, Parfums Christian Dior rahbari.

 Xonanda ishtirokidagi ilk J’Adore reklama kampaniyasi 1-sentyabr kuni chiqadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin