2024-yilning yoz mavsumida qanday poyabzallarni kiyish kerak
Oddiy tekis poshnadan tortib, to gʻayrioddiy oqshom poyabzallarigacha
Poyabzal ma’lum bir obraz uslubini yaratishda muhim ahamiyatga ega. U obrazga o‘ziga xos bir jihatni olib kirishi yoki aksincha birinchi yaratmoqchi bo‘lgan uslubingizni tubdan o‘zgartirishi mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, poyabzal tanlashda oyoq barmoqlariga zarar yetkazmaydigan qulay poyabzalni tanlash zarur.
Yozgi obrazni qanday poyabzallar bilan to‘ldirish mumkin? Bu savolga ELLE javob beradi.
Platformada
Bugungi kunda 2000-yillarga xos uslub, o‘sha davrni eslatuvchi aksentlar, elementlarning qayta modaga kirishi inflyuyenserlarning qalbini tobora zabt etmoqda. Platforma ham chetda qolgani yo‘q. Gucci brendi 2024-yil uchun bahor-yoz to‘plamida giperbolizatsiyalangan variantni taqdim etdi. Dizayner yuqori platformali loferlarni oddiy kundalik kiyimlar (ko‘ylaklar, toplar, zig‘ir matosidan tikilgan kalta shimlar) bilan kiyish taklifini berdi.
Slingbeklar (poyabzal turi)
90-yillarda bu poyabzal turi dunyodagi koʻplab ayollarni aqldan ozdirdi desak, aslo mubolagʻa bo‘lmaydi. Hozirda esa bu poyabzallar yana o‘z o‘rinlarida mustahkam turishibdi. Saint Lauren mavsumdan mavsumga bu poyabzal turini sevdirishda davom etmoqda. Odatda, slingbeklar baland poshnada bo‘ladi, ammo slingbeklar kitten-heel koʻrinishida yoki tekis poshnada ham uchrashi mumkin.
To‘rtburchak
Oldi to‘rtburchak ko‘rinishidagi poyabzallarning obrazlari shu qadar yangilanishi va butunlay boshqa ranglarda jilolanishi mumkin. Bu baletka, sabo, myuli yoki sandallar ham bo‘lishi mumkin. Prada namoyishida past poshnadagi satin matosidan tikilgan obrazlardan ilhom olishingiz mumkin.
Metal rangi
Metal elementlari bor poyabzallar tendensiyasi bu mavsumda kundalik to‘plam yo‘nalishlarida ham, kutyur kolleksiyalarida ham ko‘p uchrayotganini kuzatishimiz mumkin. 2024-yilning yoz mavsumida metal tusli sumkalardan keyin metal rangidagi poyabzallar trendga aylanmoqda.
Vyetnamkalar
Proenza Schouler, Chanel va Miu Miu brendlari vyetnamkalarning oq charmdan qora baxmalgacha bo‘lgan turli xil dizaynlarini taklif qilmoqda. Oyoqni mahkam bog‘laydigan kamarlari bor, tagi ingichka, poshnali, ammo oddiy vyetnamkalar ham bugun juda mashhur.
Baletkalar
Ha, bu poyabzallar bugungi kunda yangilik emas va balki bizni o‘qiydigan deyarli har bir obunachimizda bunday baletkalar bor bo‘lsa ajabmas. Bu yozda dizaynerlar nafaqat an’anaviy poyabzallarni, balki to‘r va bezakli toshlar bilan qoplangan poyabzallar kiyishni ham taklif etishmoqda. Ularning turli xil ko‘rinishlarda o‘zgarishi ham zavq, ham teskari bir holatni keltirib chiqarishi mumkin.