Simon Porte Jacquemus Christie’s ko‘rgazmasi va auksioniga kurator bo‘ldi

Ekspozitsiyada haykaltarosh François Xavier Lalanne asarlari namoyish etiladi

Fotо: Instagram / Jacqmues

Jacqmues brendining ijodiy direktori Simon Porte Jacquemus Nyu-Yorkdagi Christie’s ko‘rgazmasi va kimoshdi savdosiga kuratorlik qiladi. Ko‘rgazmada fransuz haykaltaroshi François Xavier Lalanne’ning asarlari namoyish etiladi.

 Haykallarni rassomning qizi Dorothée Lalanne taqdim etadi, shu sababli ko‘rgazmaga «François Xavier Lalanne Sculpteur: Collection Dorothée Lalanne» deb nom berilgan. 

 

«Christie’s va Dorothée Lalanne bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lganimdan juda mamnunman. Men buni voqelik va she’riyat o‘rtasidagi chegarada joylashgan xayoliy o‘rnatma sifatida tasavvur etgan edim», – deya ta’kidladi dizayner.

Simon o‘zining Instagram sahifasida yangi ijodkorlarni kashf etish maqsadida sevimli zamonaviy san’atkorlarni belgilashni so‘ramoqda. Ular orasida rassom, haykaltarosh, fotograf, rejissyor va boshqa soha vakillari bo‘lishi mumkin.

Ko‘rgazma 4-oktyabrdan 10-oktyabrgacha Rokfeller markazida o‘tkaziladi. So‘nggi kuni haykaltaroshning asarlari bilan auksion ham bo‘lib o‘tadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin