ELLE O‘zbekistondagi Ayollik kuch-qudrati va shijoati yili 2024-yil yodimizda qanday qoldi
2024-yil yodimizda qanday qoldi

Zamonaviy raqamli makonda sodir bo‘lgan hodisalarni sarhisob qilish, qalbimizdan chuqur o‘rin egallagan lahzalarni eslab qolish va ularni xotirada alohida nashr bilan muhrlash kabi tarixning bir bo‘lagiga aylangan an’ana shakllandi. Mavjud tendensiyalarni buzmagan holda, ELLE O‘zbekiston jamoasi 2024-yilning eng lazzatli lahzalarini yodga oladi.
O‘tgan yil ELLE O‘zbekiston uchun kashfiyotlar, g‘ayrat va yorqin yutuqlarga to‘la davr bo‘ldi. Eng asosiysi, loyihaning ishga tushirilishi va ELLE International oilasidagi 50 - mamlakatning birinchi bosma soni chop etildi.
Unutilmas intervyular
Har bir qahramon ayol biz uchun O‘zbekistonning taraqqiyparvar jamiyati oynasi, shuningdek, o‘z tarixi bilan hayratga soluvchi shaxsdir. Bu yil davomida zamonaviy “ilhom parilari” bizga o‘zlarining hayot yo‘li, faoliyati, mashaqqat va muvaffaqiyatlari haqida eksklyuziv intervyular berishdi.
Yangi yuzlar
Iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash siyosatimizga amal qilgan holda, biz san’at, moda, dijeying va boshqa sohalarga yangicha qarashlari bilan saytimiz va jurnallarimiz sahifalarini bezagan noyob yosh qizlarning hikoyalarini yoritdik.
Rassomlar nigohida
Biz platformamizda o‘tkazgan va e’lon qilingan har bir suratga olish jarayonidan faxrlanamiz. Mahalliy va xorijlik suratkashlar nashrimizning vizual estetikasi haqida to‘laqonli tasavvurga ega bo‘ldilar.
Madaniyat – davrlar dialogi
Bu yil O‘zbekistonda talaygina madaniy tadbirlar o‘tkazildi, biz esa ularni mushtariylarimizga faxr bilan yetkazdik, madaniyat arboblari bilan muloqot qildik va ularning ishlaridan ilhomlandik.
Hamma uchun muhim bo‘lgan mavzular
Ayollar haqidagi ayollar jurnali sifatida biz o‘z o‘quvchilarimizni teran his etamiz hamda bosma son yoki oyning har bir mavzusini alohida e’tibor va hayajon bilan tanlaymiz. “Mayin kuch” va “O‘zgarishlar san’ati” – bu ELLE O‘zbekiston tomonidan 2024-yil uchun tanlangan muhim, o‘rinli va dolzarb mavzulardir.
ELLE ovozi
Platformamizni rivojlantirishdagi muhim qadamlardan biri musiqiy bo‘limni joriy etish bo‘ldi. Endi ELLE va uning o‘quvchilari o‘rtasidagi muloqot o‘ziga xos ohangga ega.
2024-yil tariximizda muhim davr bo‘ldi, ammo oldinda bizni yangi loyihalar, yangi tarixlar, yangi cho‘qqilar kutmoqda.
Bu yil biz bilan bo‘lganingiz uchun rahmat. Axir, U o‘qisa, faqat ELLE o‘qiydi.
Kollaj Babikova Sasha