Tiffany & Co. Tiffany Titan kolleksiyasining yangi bobini taqdim etdi

U Pharrell Williams bilan hamkorlikda yaratilgan

Fotо: Instagram / Tiffany

Tiffany & Co. zargarlik uyi qo‘shiqchi Pharrell Williams bilan hamkorlikda yaratilgan Tiffany Titan kolleksiyasining yangi bobini taqdim etdi. To‘plamga daryo marvaridi va olmos toshli marjon hamda bilaguzuk, shuningdek, boshqa zargarlik buyumlari kiritilgan.

“Kolleksiya yaratish uchun ilhom suvga bo‘lgan muhabbatimdan kelib chiqqan, Titan nomi esa dengizlar hukmdori, Atlantida qiroli Poseydonga ishora qiladi. Atlantida – bu men ulg‘aygan Virginia-Beach’dagi tumanning nomi ham», – deb o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Williams. 

Tiffany Titan’ning birinchi to‘plami shu yilning may oyida taqdim etilgan. Unga 18 karatli sariq oltin va olmosli qora titandan tayyorlangan buyumlar kiritilgan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin