Yves Saint Laurent: The Hamish Bowles Collection
Marokashda yangi ko‘rgazma ochildi

Ko‘rgazmada taniqli moda tarixchisi va ko‘rgazmaning bevosita kuratori Hamish Bowlesning shaxsiy kolleksiyasi namoyish etiladi. Bowles yarim asr davomida Yves Saint Laurent kiyimlarini to‘plagan. Ko‘rgazma uchun u jami 53 ta asarni taqdim etgan.
Ko‘rgazmada kolleksioner Nan Kempner, milliarder Lili Safra, shuningdek, fransuz modeli Betti Katru kabi mashhur ayollar kiygan liboslarni ko‘rish mumkin.
Ko‘rgazma joyi bejiz tanlanmagan: Marokash muhiti Sen Loran ijodiga ta’sir ko‘rsatgan va uni 1969-yildagi mashhur pechvork-kolleksiyasini yaratishga undagan.