Podium Department Store’dagi “Happy Fashion Hours” zamonaviy bazmi qanday o‘tdi
Kuzgi obrazlar uchun yangi kolleksiyalar, DJ to‘plamlari va ilhom manbai
12-oktyabr kuni PODIUM Broadway’da moda tadbiri bo‘lib o‘tdi, unda 2024/2025-yil kuz-qish mavsumi kolleksiyalari taqdim etildi. Dinamik DJ setlari ostida mehmonlar yoqimli muhit va stilistlar bilan muloqotdan bahramand bo‘lishdi.
Moda tadbiri urfdagi tendensiyalar bilan yaqindan tanishish uchun ajoyib imkoniyat yaratdi: modellar yangicha obrazlarni taqdim etdi, ishtirokchilarni kuz mavsumi uchun original va dadil liboslar tanlashga ilhomlantirdi. PODIUM Broadway ayollar bo‘limi rahbari Veronika Ahmedova foydali maslahatlar va yangi g‘oyalar bilan o‘rtoqlashdi, bu oqshomga o‘zgacha shukuh qo‘shdi.
“Moda doimo yangilanib, o‘zgarib turadi, lekin o‘zgarishlar ta’sir etmaydigan narsa bor – bu siz bilan biz. Men sizni ko‘rib turganimdan xursandman; bizning butikimiz shunchalik ko‘p odamlarni birlashtirayotgani o‘zgacha mamnuniyat bag‘ishlaydi.” – deya mehmonlarni tabrikladi PODIUM Broadway ayollar bo‘limi rahbari Veronika Ahmedova.
Happy Fashion Hours – bu nafaqat uslubga yangilik qo'shish uchun turtki, balki kasbdosh do'stlar davrasida aqt o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyat. Ishtirokchilar orasida butikning doimiy mijozlarini ham, moda industriyasi vakillarini ham uchratish mumkin. Oxirgi trendlarning to‘xtovsiz muhokamalari, jo‘shqin hissiyotlar, kulgu, yengillik, go‘zallik va uslub muhitni bezardi.
Keng yelkali Balmain futuristik jaketlar, Alessandra Rich’ning fakturaga urg‘u beruvchi romantik liboslari va noodatiy aksessuarlari 2024/25-yil kuz-qish mavsum javonining asosiy elementlariga aylangan.
PODIUM stilistlari individuallikka urg‘u berish hamda zamonaviylik kasb etish maqsadida belbog‘-korset kabi trenddagi detallar bilan garderobning asosiy minimalistik buyumlarini uyg‘unlashtirish taklifini beradilar.
Shuningdek, jigarrang va kulrang tusdagi poyabzal va sumkalar bilan to‘ldirilishi mumkin bo‘lgan to‘q sarg‘ish qaymoqrang tusdagi to‘qilgan qulay buyumlar ham trendda bo‘lib, teksturalar va ranglar o‘yini bilan ko‘p qatlamli tasvirlarni yaratadi.
Yanada dadilroq yechimlar uchun stilistlar obrazga qoplon kabi bir nechta animalistik printlarni qo‘shishni maslahat berishadi. Masalan, top, kardigan va kalta yubkali uchlik kostyumlar e’tiborni jalb qilmoqchi bo‘lganlar uchun ajoyib tanlov bo‘ladi. Bosilgan printni muvozanatlash uchun tasvirni zamonaviy mini-sumka va bir xil tusdagi kazaklar bilan to‘ldirib, ajoyib va uyg‘un “look”ni yaratish mumkin.
Kechki libos sifatida butik stilistlari obrazning yorqin aksentiga aylanadigan MSGM eko mo‘ynasdan tikilgan hashamatli pushti po‘stinga to‘xtalishni taklif qilishadi. Uning ostiga esa yorqinlik va jozibadorlik qo'shib turuvchi Max Mara ust kiyimi va yubkasini tanlash mumkin. “Look”ga Alessandra Rich’dan zirak, o‘ziga xos uslub va detallarga e‘tiborni jalb qiluvchi taniqli Balmain klachlari yakun yasaydi.
Keyingi “Happy Fashion Hours” kechasi 19-oktyabr kuni PODIUM Mirabad’da bo‘lib o‘tadi – yangi kolleksiyalarni birinchi bo‘lib ko‘rish va stilistlar bilan birga noyob kuz obrazlarini yaratish uchun tashrif buyuring.
Manzillar:
Podium Department Store Broadway
Toshkent, Zarafshon ko‘chasi, 17, +998 71 232 38 38
Podium Department Store Mirabad
Toshkent shahri, Mirobod ko‘chasi, 62, Mirobod avenyu, S-blok, +998 78 122 01 12