ELLE O‘zbekiston birinchi raqamli muqovani taqdim etadi
Uning bosh qahramoni o‘zbekistonlik dzyudochi, 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibasi, Osiyo chempioni va jahon chempionati sovrindori Diyora Keldiyorova bo‘ldi
Diyora Keldiyorova Parij-2024 Olimpiadasida dzyudo bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston tarixidagi birinchi ayol sportchi bo‘ldi. Uning g‘alabalar silsilasi 2013-yilda Nankinda bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarining bronza medalidan tortib, Osiyo va jahon chempionatlaridagi ko‘plab g‘alabalargacha bo‘lgan muhim yutuqlarga boy bo‘ldi.
Sportchi Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi hisoblanadi. U ikki marta 2016 va 2018-yillarda dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori bo‘lgan. Biroq, 2019-yil uning faoliyatidagi muhim yil bo‘ldi: Diyora (BAA) Al-Fujayrda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati finalida mo‘g‘ul raqibasi Lxagvasurengiin Sosorbaramni mag‘lub etib, 52 kg gacha vazn toifasida Osiyo chempioniga aylandi.
Keldiyerova sport karyerasining eng yuqori cho‘qqisi 2024-yil 28-iyulda Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlaridagi g‘alabasiga to‘g‘ri keldi. U O‘zbekistonga yozgi Olimpiya o‘yinlarining birinchi oltin medalini olib keldi va o‘zining mahorati hamda qat’iyati bilan millatni ilhomlantirdi.
ELLE O‘zbekiston digital-muqovasini suratga olish uchun sportchi o‘z shaxsiyatining yangi qirralarini ochib beruvchi tanlangan obrazlarni sinab ko‘rdi.
Ushbu suratga olish jarayonida Diyora Keldiyorova egnida namoyish etilgan barcha obrazlarni Glamour Avenue Department Store do‘konidan xarid qilish mumkin.
Model: Diyora Keldiyorova
Photo: Asal Djuraeva
Video: Shoira Khakimova
Producer: Natasha Kasatkina
Editorial Team: Polina Agliamova
Line producer: Dmitriy Sirenev
Photo: Asal Djuraeva
Style partner: Glamour Avenue
Styling: Nargiza Ayupova
MUAH: Elmira Kambekova