Har bir burj uchun 2024-yilning zamonaviy toshlari

19 Iyul 2024
Фото: Unsplash
Foto: Unsplash

Burj belgingizning tabiiy toshlari sizga urfda bo‘lish, salohiyatni namoyon qilish va omadni jalb qilishga yordam beradi.

Tabiiy minerallar go‘zallikdan tashqari nihoyatda qudratli. Mahorat bilan tanlangan tosh haqiqiy tumorga aylanishi mumkin: ruhiy kasalliklardan saqlashi va egasiga pul, sevgi va omad olib kelishi mumkin.
Sizning burjingiz bilan bog‘liq toshlarni taqish o‘zingizga bo‘lgan ishonchingizni oshiradi, xarizmni kuchaytiradi va salbiy xarakter xususiyatlarini yo‘qotadi.

Burjning har bir belgisiga o‘nlab qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar mos keladi. Biz 2024-yilning asosiy urfdagi toshini tanladik va uning muqobillarini qo‘shdik.

Qo‘y

Foto: Freepik

Mars sayyorasi Qo‘y burjini boshqaradi va bu belgi vakillarini qat’iyatlilik, shijoat va g‘alabaga intilish bilan quvvatlaydi. Qo‘ylarga nafaqat birinchi bo‘lish, balki o‘z qadr-qimmatini namoyish etish ham muhimdir. Bunda ularga serdolik yordam beradi. Qadim zamonlardayoq bu yarim qimmatbaho tosh o‘z egasining aristokratikligini va ulug‘vorligini ko‘rsatib turardi. Yorqin xarizmatik tosh Qo‘yning yetakchiligi va qat’iyatini ta’kidlaydi. Serdolik – muhabbat toshi. Shunday ekan, agar siz o‘zingizning ikkinchi yarmingizni uchratmoqchi bo‘lsangiz yoki hozirdagi munosabatlarda ehtirosni alangalatmoqchi bo‘lsangiz, bu toshdan yasalgan taqinchoqlarni dadil taqing.

Shuningdek, qizil marjon, yoqut, gematit va ametist Qo‘y burji vakillari uchun ideal tanlovdir.

Buzoq

Foto: Unsplash

Kamtar va mehnatsevar buzoqlar ajoyib tabiiy didga ega, ular zeb-ziynat va go‘zallikni qadrlaydi. Buzoqning eng yaxshi do‘stlari, shubhasiz, chiroyli tosh – olmosdir (brilliant), uni bir vaqtning o‘zida moliyaviy sarmoya sifatida ham ko‘rib chiqish mumkin. Turli ijro va bezaklarda u Buzoq burji vakilining nafis didi va individualligini ta’kidlaydi. Go‘zallik va yoshlik toshi bo‘lgan brilliant o‘z sohibasiga ijobiy quvvat bag‘ishlaydi. Agar brilliant bilan har kuni yuzdagi ajinlar artilsa, ular sezilarli darajada kamayadi, degan qarash bor.

Buzoq burji vakillariga olmoslarga muqobil sifatida oq sapfir, zumrad va pushti kvars toshlar mos keladi.

Egizaklar

Foto: Unsplash

Merkuriy sayyorasi burjlar orasida eng kommunikativ bo‘lgan belgi – Egizaklarni boshqaradi. Qiziquvchan Merkuriyliklar odamlar bilan tez tanishadilar va yangi sharoitlarga tez moslashadilar. Zumrad Egizaklarning aql-zakovati va optimizmini yashirishga qodir. Bu qimmatbaho toshni xalq "samoviy tabib" deb ataydi. Uning chuqur yashil rangi asab tizimini tinchlantiradi va o‘z egasiga ko‘proq chidam va sabr-toqat bag‘ishlaydi. Zumrad o‘sish va rivojlanish toshi hisoblanadi, u biznes va moliya sohasida muvaffaqiyat keltiradi.

Shuningdek, Egizaklarga yashil turmalin, agat va sitrin toshlari ham mos keladi.

Qisqichbaqa

Foto: Unsplash

Ajoyib marvarid chig‘anoq ichiga bejiz yashirilmagan. Marvarid – Qisqichbaqa yulduz turkumi vakillari uchun eng yaxshi tosh. Ajoyib oy toshi hissiy barqarorlik, do‘stonalik va hayotdan qoniqish hissini kuchaytiradi. Qisqichbaqa burji vakillari har qanday zargarlik buyumlarini va hayotiy sharoitlarda turli rangdagi marvaridlarni taqib yurishlari mumkin. Sevimli marvarid tumor ushbu suv belgisi vakillari uchun sehrli tayoqchaga aylanishi mumkin – faqat tilakni aytish kifoya va u uning amalga oshishiga yordam beradi.

Belgining turmushga chiqmagan vakilalari marvarid taqishda ehtiyot bo‘lishlari muhimdir. Ularga ko‘proq oy toshi, peridot, zumrad kabi muqobil toshlar mos keladi.

Arslon

Foto: Unsplash

Burjlar orasida eng quyoshli bo‘lgan belgi Arslonlarga yorqin sitrin eng mos keladi. Qadimgi e’tiqodlarga ko‘ra, sitrin o‘z egasiga kuchli intuitsiya va quyosh energiyasini beradi. Sitrindan yasalgan katta taqinchoqlar atrofdagilarda yaxshi taassurot qoldiradi, bu esa ushbu belgi vakillariga kerak bo‘lgan narsa. Oltin-sariq rangli shaffof mineral farovonlik, to‘kinlik va moliyaviy muvaffaqiyat ramzi hisoblanadi.

Arslonlar uchun topaz, labradorit, yoqut va qahrabo muqobil toshlar bo‘lishi mumkin.

Parizod

Foto: Unsplash

Ozodalik va adolat ramzi bo‘lgan eng ozoda burj vakillari uchun tog‘ billuridan ko‘ra yaxshiroq tumorni tasavvur qilish qiyin. Tog‘ billuridan yasalgan taqinchoqlar bokira qizlarga kuch va ishonch bag‘ishlaydi, komplekslardan xalos qiladi, xavotir darajasini pasaytirishga yordam beradi. Tosh fikr va jismoniy tanani tozalashga, ichki uyg‘unlikka erishishga yordam beradi. Tog‘ billuri ijobiy energiya to‘plovchi sifatida ishda va shaxsiy munosabatlarda yaxshi yordamchiga aylanadi.

Shuningdek, zumrad, yashil turmalin, oysimon tosh, nefrit va yashma Parizod burji vakillariga mos keladi.

Tarozi

Foto: Unsplash

Hayotdagi maqsadi uyg‘unlikni izlashdan iborat bo‘lgan taniqli estet – Tarozilar uchun agat toshidan qilingan zargarlik buyumlari go‘zallik hissini anglashda yordam beradi. Toshlarning rang-barangligi har qanday garderob (javon) va kayfiyatga mos keluvchi bezak tanlashning imkonini beradi. Agat toshi Tarozilarga xos bo‘lgan ikkilanish va qo‘rquv tuyg‘ularini yengishda yordam beradi. Bu tosh farovonlik va uzoq umr ko‘rish ramzi bo‘lib, o‘z egasiga chiroyli nutq hadya etadi, hamda o‘z fikrida turishda kuch beradi.

Tarozilar o‘z taqinchoqlarida agat toshi bilan bir qatorda olmos, opal, lojuvard va ametrin kabi toshlardan foydalanishlari mumkin.

Chayon

Foto: Unsplash

Qizil koral – eng sirli burj bo‘lgan Chayonlarning toshi hisoblanadi. Aslida koral tosh ham emas, balki tropik mintaqalarda uchrovchi mayda poliplar skeletidir. Korallarning yorqin qizil rangi – jasorat, g‘ayrat va raqiblar ustida g‘alaba qozonish qobiliyati ramzi bo‘lgan Mars sayyorasi timsolidir. Mazkur toshdan yasalgan tumor to‘g‘riso‘z va jahldor Chayonlarning tushunmovchiliklar paytidagi “tajovuz”idan saqlashda, muloqot mobaynidagi burchaklarni yumshatishda yordam beradi.

Qizil koralni Chayonlar karnelian, granat, akuamarin, topaz va malaxit kabi toshlar bilan o‘zgartirishlari mumkin.

O‘qotarlar

Foto: Unsplash

Alangali haqiqatsevar O‘qotarlarga o‘zida uyg‘unlikni topishda va atrofdagi olam bilan aloqalarni mustahkamlash uchun tumor kerak. Buning uchun sariq sapfir ayni muddao.
Bu shifobaxsh tosh o‘z sohibiga bilimini oshirishda, o‘z-o‘zini kavlash va vaziyat qurboni bo‘lish hissidan xalos bo‘lishda yordam beradi. O‘z maqsadlariga erishish yo‘lida sohibini kuch va quvvat bilan to‘ldiradi. Veda astrologiyasida sariq sapfir Yupiter toshi hisoblanib, farovonlik va boylik ramzidir.

Shuningdek, O‘qotarlarga sariq topaz, turmalin, ametist toshlari ham mos keladi.

Tog‘ echkisi

Foto: Unsplash

Quruqlikda yashovchi o‘ziga to‘q Tog‘ echkilariga barcha turdagi yashil ranglar mos keladi. Bunda malaxit toshi tumor tanlashda eng tog‘ri qarordir. U o‘z sohibiga yanada dadil va qat’iyatli bo‘lishga, muammolarni hal qilishda noodatiy yondashuvlarni topishga hamda aql o‘tkirligini saqlashga yordam beradi. Tumorni doimiy taqib yurish intuitsiyani kuchaytiradi va yolg‘iz bo‘lgan sohiblariga ishonchli umr yo‘ldosh topishga yordam beradi.

Malaxitdan tashqari Tog‘ echkilariga yoqut, ametist, oniks, granat va tog‘ xrustalidan yasalgan zargarlik buyumlari mos keladi.

Qovg‘a 

Foto: Unsplash

Orzumand va erksevar Qovg‘alarning orzularini ro‘yobga chiqarishda yordam beradigan tumori bo‘lishi kerak. Bunda eng to‘g‘ri tanlov ametistdan yasalgan bezaklardir. Yorqin binafsha rangli ametist ularga ijodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi, ilhom bag‘ishlaydi va yangi g‘oyalar tug‘ilishida ko‘maklashadi. Ametist toshidan qilingan tumor o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshiradi va karyerangizda yordam beradi. Ametist sehri sizga moliyaviy tomondan omad, barqarorlik va o‘sish olib keladi.

Qovg‘alar uchun ametist toshi o‘rniga sariq sapfir, granat, ametrin va akvamarin toshlari ham mos kelishi mumkin.

Baliq

Foto: Unsplash

Sezgir va kuzatuvchan Baliqlar ko‘pincha boshqa odamlarga tushunarsiz bo‘ladilar. Ular o‘zlarining emotsional (hissiy) holati va tez o‘zgaruvchan kayfiyatlariga qaramay, barchaga yordam berishga intiladilar. Akvamarindan qilingan tumor bu burj vakillarining go‘zalligi va jozibasini ko‘rsatadi hamda kommunikatsiyani (muloqot jarayoni) mustahkamlashga va sezuvchanlikni kuchaytirishga yordam beradi. Dengiz to‘lqinlari rangidagi ajoyib mineral o‘z sohibiga keraksiz odamlarga ortiqcha energiyasi va vaqtini sarflashdan himoya qiladi. Depressiya va tushkunlikdan asraydi.

Baliqlarga shuningdek, ametist, oy toshlari va aleksandrit toshlaridan yasalgan bezaklar ham mos keladi.

Maqolani baham ko'ring