Burjingiz bo‘yicha siz qanday onasiz?

24 Iyul 2024
Foto: Unsplash
Foto: Unsplash

Onaning burji uning xarakterini va bola tarbiyalashdagi modelini ko‘rsatadi.

Jyotish astrologiyasi bo‘yicha qaysi burj vakili ekanligingizni bilasizmi? Agarda bilmasangiz – mana bu yerga qarang.

Ona-Qo‘y 

Foto: Unsplash

Foto: Unsplash

Faol, sport bilan shug‘ullanuvchi va serg‘ayrat ona-Qo‘y farzandlarini sportga olib borganida o‘zi ham ular bilan birga shug‘ullanadi.

Bir joyda o‘tirishni yoqtirmaganligingiz uchun tumaningizda joylashgan barcha bolalar maydonchasi va stadionlarni juda yaxshi bilasiz. Mashinangiz farzandlaringiz uchun o‘z uyidek bo‘lib qolgan, chunki ular tug‘ilganidan buyon doimo siz bilan bo‘lgan.

Farzandingiz bilan muloqotingizdagi yagona minus (kamchilik)  boshqarish qiyin bo‘lgan emotsional (hissiy) portlashlardir. Ona-Qo‘y tezda “o‘ziga keladi” va ko‘pincha o‘z ayblarini samimiy uzr so‘rash hamda sovg‘alar bilan yuvishga harakat qiladi.

Ona-Buzoq 

Foto: Unsplash

Foto: Unsplash

Bunday onalar o‘z muhabbatini taomlar orqali ko‘rsatadi. Birinchi va ikkinchi taom hamda shirinlik va kompot. Siz bolalar uchun taom tayyorlashni yaxshi ko‘rasiz. Farzandlaringiz oddiy sayrga chiqqanida yoki bog‘chada ham chiroyli ko‘rinishi va “yangi” kiyimlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Bolalar xonasidagi tokchalar birgalikda yasalgan shakllar bilan sinib ketay deydi.

 Ona-Buzoqlarning salbiy tomoni shundaki, ular juda qaysar va ko‘pincha oddiy tanbeh berish o‘rniga janjal ko‘tarishlari mumkin. Barcha narsani jiddiy qabul qilavermang, yoningizda oddiy bolacha turganligini unutmang.

Ona-Egizaklar 

Foto: Unsplash, Sai de Silva

Foto: Unsplash, Sai de Silva

Farzandlari bilan batutda sakrayotgan va arg‘imchoqda uchayotgan onani ko‘rgandirsiz. Ona-Egizaklar farzandlariga to‘daboshidan ko‘ra, ko‘proq do‘st va hamkor sanaladilar. Siz farzandlaringiz bilan birga kvestlar, xazina qidirish va turli sarguzashtlar o‘yinini yaxshi ko‘rasiz. Siz uchun ona bo‘lish bu qaytadan beg‘ubor bolalikdan bahramand bo‘lishdir. 

Ona-Egizaklarning notinch xayoli real hayotini o‘zgacha ko‘rsatadi. Buning natijasida, farzandlar hayot yo‘lida qiynalishadi. Onaning dugonadek bo‘lishi ko‘p qizlarning orzusidir, lekin kelajakda bunday onaga ruhiy jihatdan suyanish qiyin bo‘ladi. Farzandingiz qarshisida kattalar pozitsiyasida bo‘lishga harakat qiling. 

Ona-Qisqichbaqa

Foto: Unsplash, Xavier Mounton

Foto: Unsplash, Xavier Mounton

Ta’sirchan ona-Qisqichbaqalar farzandlarining soch tolalarini va birinchi tishlarini avaylab saqlaydilar, farzandining barcha yutuqlarini kundaliklariga yozib boradilar, barcha yasalgan shakllarini alohida qutilarda saqlaydilar. Siz farzandlaringizni chuqur his qilasiz va tushunasiz. Ularga oilaviy an’analarni yetkazasiz.

Borlig‘ingizni farzandingizga bag‘ishlaysiz va sizga ulardan ajralish juda qiyin. Sizning muhabbatingiz ba’zida keragidan ortiq va bo‘g‘ib qo‘ygudek tuyulishi mumkin. O‘z hayotingizni yashang va farzandingizga ham o‘z hayotini yashash imkonini bering.

Ona-Arslon 

Foto: Unsplash, Kelly Sikkema

Foto: Unsplash, Kelly Sikkema

Mag‘rur ona-Arslon o‘z farzandlarini imijlarining bir qismi sifatida qabul qiladilar. Nufuzli ta’lim, obro‘li shaxslar doirasidagi muloqot, ot minish kabi aristokrat seksiyalari siz uchun juda muhim. Bolalar orasida yuqori obro‘-e’tiborga egasiz. 

Siz uzr so‘rashni va aybingizni tan olishni bilmaysiz. Sizning takabburligizngiz va murosasiz xulqingiz farzand yuragini yaralaydi. Farzandingizga ko‘proq quloq soling va kamroq qirollik ambitsiyalaringizni ko‘rsatishga harakat qiling. 

Ona-Parizod 

Foto: Unsplash, Jonathan Borba

Foto: Unsplash, Jonathan Borba

Ona-Parizod farzandlari bilan bog‘liq barcha masalalarda: rejimi (tartib)dan to salomatligigacha saranjom va sinchkovdir. Farzandingizning ajoyib bolalar kutubxonasi bor. Siz bolalar uchun narsalar, bo‘limlar, maktab, bog‘chalarni ko‘plab fikr-mulohazalarni o‘rganib chiqqan holda sinchkovlik bilan tanlaysiz. Siz uchun batafsil ma’lumotlar juda muhim.

Farzandingizni turli usullar bilan ko‘p funksiyali robotga aylantirishga harakat qilar ekansiz, munosabatlarning hissiy tomoni ham borligini unutib qo‘ymang. His-tuyg‘ularingizni ko‘rsatishga va farzandlaringizning xatolarini yengil qabul qilishga o‘rganing.

Ona-Tarozi

Foto: Unsplash

Foto: Unsplash

Farzandlar ona-Tarozi uchun yoqimli hamrohdir.

Farzandlaringizga tasviriy san’at, teatr va madaniy tadbirlar yo‘rgakdan tanish bo‘lib kelgan. Farzandlaringiz bilan bog‘liq murakkab narsalarga yengil qaraysiz va bu sizga kundalik ishlarga o‘ralashib qolmaslikka yordam beradi. Muloyim va mehribonlikni saqlab qolgan holda, ular bilan sovuqqon bo‘la olasiz.

Farzandlaringiz oila imijini qo‘llab-quvvatlashi siz uchun juda muhimdir. Obro‘yingizni saqlash uchun omma oldida “sahnalar” qo‘ymaysiz. Lekin bunday xatti-harakatlar farzandlaringiz uchun ikki xil xulq-atvor standartlarini odatiy qabul qilishlariga olib kelishi mumkin.

Ona-Chayon 

Foto: Sai de Silva

Foto: Sai de Silva

Ona-Chayondan hech nimani yashirib bo‘lmaydi. U o‘z farzandlarini sezadi va ularning ichini rentgen kabi ko‘ra oladi. Siz hech ikkilanishsiz farzandlaringizga maxluq-qo‘g‘irchoq  va boshqa yovuz qahramonlarni ham olib beraverasiz. Siz qattiqqo‘l, ammo adolatlisiz, har doim farzandlaringizni qo‘llab-quvvatlaysiz va har qanday vaziyatda ham ularning yonini olasiz. Bolalarni juda yaxshi ko‘rasiz, lekin ulardan  uzoqda dam olishga ehtiyojingiz bor.

Ona-Chayon bilan yashashni shaxmat o‘yiniga o‘xshatsa bo‘ladi. Uni yengishning deyarli imkoni yo‘q. Ba’zan bu farzandlarda umidsizlik tuyg‘usi va o‘yin davomida ishtiyoqning so‘nishiga olib keladi. Ona-Chayonlar ba’zida o‘z farzandlariga o‘yin davomida yutqizib turishlari ma’qul.

Ona-O‘qotar

Foto: Unsplash, Stephen Andrews

Foto: Unsplash, Stephen Andrews

Ingliz tilidagi bolalar oromgohi, erta rivojlantiruvchi bolalar maskanlari (pochemuchka) – Ona-O‘qotar uchun bolalarini aynan shunday dargohlarda o‘qitish birinchi darajali vazifadir. Bolalaringiz yo‘rgakdan boshlab xulq-atvor qoidalari bilan tanish va nima yaxshi-yu, nima yomonligini juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun siz boshingiz bilan onalikka sho‘ng‘ishga tayyor bo‘lganlardan emassiz. Bolalar sizni maqsadingizdan chalg‘itmaydi.

Ona-O‘qotarlar g‘amxo‘r va bolalarning his-tuyg‘ulariga alohida e’tibor beradilar. Ammo yaxshi pozitsiyada harakat qilyapman deb, siz bolaning shaxsiy chegaralarini jiddiy ravishda buzishingiz mumkin.

Ona-Tog‘echkisi

Foto: Unsplash, Sebastian Pandelache

Foto: Unsplash, Sebastian Pandelache

«Kasblar shahri» – ona-Tog‘echkisi o‘z bolalarini olib boradigan sevimli joy. Siz o‘z ishingiz haqida bolalarga g‘urur bilan hikoya qilasiz, bolalar buni biladi va sizning boshlig‘ingiz hamda hamkasblaringizni hurmat qilishadi. Bolalar uchun o‘yinchoqlar va kiyimlarni siz ularning amaliyligi va ishonchliligidan kelib chiqib tanlaysiz.

Ona-Tog‘echkisi – qattiqqo‘l va talabchan. Emotsional xasisligini moddiy sovg‘alar bilan qoplaydi. Bunday ona bilan bo‘lgan bola hamisha mukammallikka intiladi va «a’lochilar kompleksi»ni ishlab olishi mumkin, ammo bu uning balog‘atga yetishiga xalal beradi.

Ona-Qovg‘a

Foto: Unsplash, Xavier Mouton

Foto: Unsplash, Xavier Mouton

Ko‘pchilik bolalar orzu qiladigan do‘st-ona Qovg‘a burji ostida tug‘ilgan. Siz haqiqatan ham bolaga oxirgi ko‘ylagingizni berishga, birinchi muhabbatidan ayrilgan paytida qo‘llab-quvvatlashga, do‘stlarining xatti-harakatlarini birga muhokama qilishga  tayyorsiz. Uyqusiz tunlar va onalikning boshqa mashaqqatlari sizni charchatmaydi. Siz uchun o‘zini kichkina odamga bag‘ishlash tabiiy holat.

Farzandingiz bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatishga intilib, siz ota-onalik obro‘sini yo‘qotib qo‘yishingiz mumkin. O‘smirlik yoshida bola sizdagi tayanchni ko‘ra olmaydi.

Ona-Baliq

Foto: Unsplash, Vidar Nordii Mathisen

Foto: Unsplash, Vidar Nordii Mathisen

Bolalar bayrami uchun animator, tish parisi va Qorbobo bir xil qiyofada. Bularning hammasi ona-Baliqlar. Siz bolalar uchun ertaklar, spektakllar to‘qib, haqiqiy mo‘jizalar o‘ylab topasiz. Bolalar bilan oson, beg‘am va samimiy o‘ynashingiz mumkin. Uyingizda siz sayr paytida bolalar bilan topib olgan mushukchalar, tipratikanlar, shilliqqurtlar, toshbaqalar yashaydi. Sizlar birgalashib kaptarlar va daydi itlarni boqasizlar.

Siz jiddiy ishlarga nisbatan mas’uliyatli bo‘lishni o‘rganishingiz kerak. Tarbiyaning asosiy tamoyillarini o‘zingizga yozib oling va muhim masalalarda murosaga kelmang.

Maqolani baham ko'ring

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin