Sport bo‘yicha munajjimlar bashorati. Burj belgisiga qarab sport turini tanlaymiz.

15 Avg 2024
Фото: Unsplash
Фото: Unsplash

Agar siz sportni yoqtirmasangiz, balki siz shunchaki noto‘g‘ri yo‘nalishni tanlagandirsiz? Har bir burj belgisining o‘z temperamenti, jismoniy va energetik salohiyati bor. To‘g‘ri tanlangan sport turi – unda uzoq vaqt shug‘ullanishingiz garovi sanaladi.

QO‘Y 

Фото: Unsplash

Фото: Unsplash

Bu olovli belgi doimo harakatda. Qo‘y burji vakillariga o‘zlarining jo‘shqin temperamentiga mos keladigan sport turi kerak. Jamoaviy sport turida ular ko‘pincha yetakchi sifatida o‘zlarini namoyon qiladilar. Raqobatlashish ruhi Qo‘y burji vakillarini futbol, xokkey, basketbol va voleybolning ajoyib hujumchilariga aylantiradi. Boks yoki kurash bilan shug‘ullanish g‘azabni chiqarish va hovurni bosishga yordam beradi. Figurali uchish va yengil atletika ham birinchi burj belgisiga juda mos keladi.

BUZOQ

Фото: Unsplash

Фото: Unsplash

Xotirjam va bosiq Buzoqlar, aksincha, musobaqa va shoshqaloqlikni yoqtirmaydi. Ular uzoq vaqt va sabr bilan mashqlarini bajarib, orzularidagi tanalarini shakllantirishlari mumkin. Manzarani tomosha qilish Buzoqlarning sevimli mashg‘uloti bo‘lgani uchun, ularga bugungi kunda mashhur bo‘lgan skandinavcha yurish, yugurish yoki chang‘ida uchish juda mos keladi. Ta’sirchan va moliyaviy jihatdan muvaffaqiyatli Buzoqlar uchun golf ideal sport turiga aylanadi.

EGIZAKLAR

Фото: Unsplash

Фото: Unsplash

Balandparvoz Egizaklar uchun nafaqat jamoaviy sport turini, balki ko‘proq muloqotni talab qiladigan sport turini tanlash muhimdir. Gandbol, voleybol, raqs yoki aerobika. Bu belgi vakillari mashg‘ulotlar takrorlanib, odatiy holga aylansa, sportga bo‘lgan qiziqishini tez yo‘qotadilar. Mashg‘ulotlarning turi va shakli tez-tez o‘zgarib turadigan variantlarni tanlash ma’qulroq. Ushbu uchar burj belgisi vakillari uchun katta tennis yoki stol tennisi ideal sport turi bo‘lishi mumkin.

QISQICHBAQA

Фото: Unsplash

Фото: Unsplash

Qisqichbaqalar uchun sport asosiy vazifani bajarishi kerak, ya’ni mashg‘ulotlar ularning hissiyotga boy tabiatini tinchlantirishi lozim. Oy (Qisqichbaqa belgisi boshqaruvchisi)ni hamma narsadan ko‘ra suv yaxshi tinchlantiradi. Qisqichbaqalar uchun bu suzish, suvga sakrash, eshkak eshish, suv polosi kabi sport turlari mos keladi. Ushbu suv belgisi vakillariga ma’naviy amaliyotlar bilan bog‘liq bo‘lgan sport turlari mos keladi. Bu yoga, tayszisyuan yoki chuqur falsafiy asosga ega bo‘lgan sharq yakkakurashlari bo‘lishi mumkin.

ARSLON

Фото: Unsplash

Фото: Unsplash

Quyosh Arslonlari uchun o‘zini ko‘rsatish imkoniyati bo‘lgan sport turini tanlash muhimdir. Belgi vakillari sportning jamoaviy turida – futbol, voleybol, basketbol, katta tennisda butun jihatlari bilan porlashi mumkin. Individual jismoniy yuklamalar sifatida Arslonlar uchun badiiy gimnastika, raqs, fitnes va bodybilding mos keladi. Ushbu sport turlari tananing ideal nisbatlarini shakllantirishga yordam beradi.

PARIZOD

Фото: Unsplash

Фото: Unsplash

Parizod uchun ideal sport turi – shaxmat. Jismoniy faollikka kelsak, Parizodlar uchun chiroyli musiqa jo‘rligidagi sekin, takrorlanuvchi harakatlar aktual hisoblanadi. Yoga, pilates, suvga sakrash kabi sport turlari ayni muddao. Ushbu yer belgisi vakillari uchun chang‘i va skandinavcha yurish juda mos keladi. Monoton harakatlarni nazarda tutadigan hamma narsa uzoq masofalarni ko‘zda tutadi.

TAROZI

Фото: Unsplash

Фото: Unsplash

Tarozi doimo uyg‘unlikka intiluvchi burjning eng estetik belgisidir. Ular uchun sport – bu nafaqat fizika, balki go‘zallik hamdir. Tana go‘zalligi tanlangan kiyimlar estetikasi bilan yonma-yon turadigan badiiy gimnastika ideal hisoblanadi. Shuningdek, tarozilar uchun har qanday turdagi raqs, strip-plastik va figurali uchish mos keladi.

CHAYON

Фото: Unsplash

Фото: Unsplash

Chayon uchun ideal sport – undan maksimal darajada adrenalin olish va o‘z chidamliligi va kuchini sinab ko‘rish mumkin bo‘lgan sport turidir. Jang san’atining barcha turlari, shuningdek, tryuk mashqlarini (masalan, suvga sakrash) o‘z ichiga olgan sport turlari juda mos keladi. Chayonlar tavakkal qilishni va o‘zlarini “kuchsiz holatda” sinab ko‘rishni yaxshi ko‘rishadi, shuning uchun ularga sho‘ng‘ish va parashyut sporti juda mos keladi.

O‘QOTAR

Фото: Unsplash

Фото: Unsplash

Faol O‘qotarlar uchun sayohatlar va doimiy suratni o‘zgartirish bilan bog‘liq sport turi eng mosi. Bularga sport yurishining barcha turlari, velosiped sayrlari, tog‘ turizmi, ot sporti kiradi. Sportning jamoaviy turlari O‘qotarlar uchun o‘zini jamoa sardori yoki kapitani sifatida ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyatdir. Voleybol, basketbol, futbol, suv polosi va kamondan otish eng mos keladigan variantlar.

TOG‘ ECHKISI

Фото: Unsplash

Фото: Unsplash

Chidamli va bardoshli Tog‘ echkilari sportda uzoq muddatli maqsadga ega bo‘lishi kerak. Bu jiddiy marafon poygasi, qoyaga chiqish, tog‘ chang‘isi marafoni bo‘lishi mumkin.  Og‘ir atletika va bodybilding ham Tog‘ echkilari uchun a’lo darajadagi yuklamalardir. Faqat bitta nozik tomoni bor. Belgining mehnatsevar vakillari uchun mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormaslik uchun ish joyiga yaqin bo‘lgan kecha-kunduz ishlaydigan fitnes zalini tanlash muhimdir.

QOVG‘A

Фото: Unsplash

Фото: Unsplash

Noturg‘un va beqaror Qovg‘alar uchun sportning barqaror turini tanlash qiyin. Bu yerda maksimal xilma-xillik muhim. Jamoaviy faoliyat sifatida plyaj voleyboli, sport aerobikasi va zumba juda mos keladi. Qovg‘alar tabiatdagi mashg‘ulotlarni – tog‘ sayohatlari, qoyaga chiqish, velosport kabilarni tashabbuskorlik bilan qabul qilishlari mumkin. Mashg‘ulotlarga bo‘lgan doimiy qiziqishni saqlab qolish uchun ularning formatini iloji boricha tez-tez o‘zgartirish kerak.

BALIQ

Фото: Unsplash

Фото: Unsplash

Sportning musobaqalashish va tez qaror qabul qilishni talab etadigan turlari orzumand baliqlarga to‘g‘ri kelmaydi. Baliqlar uchun barcha suv sporti turlari: an’anaviy yoki sinxron suzish, dayving yoki serfing ideal bo‘ladi. Quruqlikdagi sport turlaridan Baliqlarning nozik tabiatiga falsafa va san’at chegarasidagi jismoniy mashqlar ko‘proq mos keladi. Bu figurali uchish, badiiy gimnastika yoki yoga bo‘lishi mumkin.

 

Maqolani baham ko'ring

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin