Yana maktabga! O‘quvchilar ota-onalari uchun astrologik maslahatlar

05 Sen 2024
FOTO: FREEPIK
FOTO: FREEPIK

O‘quv qurollari sotib olingan, maktab formasi dazmollangan, o‘qituvchi uchun gul buyurtma qilingan. Farzandingizning maktab davri a’lo darajada o‘tishi uchun nima qilish kerak? Uning Merkuriyini o‘rganib, chuqur tahlil qilish lozim.

Nega Merkuriy? Astrologiyada davrlar tizimi mavjud bo‘lib, aynan Merkuriy ta’lim olish yoshi – 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan davrga javob beradi. Inson burjidagi bu sayyora aql-zakovat va ma’lumotlarni o‘zlashtirishga mas’uldir. Shuni bilish muhimki, har bir bolaning ma’lumotlarni o‘zlashtirish uslubi Merkuriyning mazkur burjdagi o‘ziga xos joylashuviga bog‘liqdir. Ba’zilarda matnni o‘qigandan so‘nggina fotografik xotira ishga tushadi. Boshqa kichkintoylarda esa audial kanallar yaxshi ishlaydi va ular eshitgan ma’lumotlarini yashiroq eslab qolishadi. Shunday bolalar ham borki, ular barcha narsani yozib olishi va ovoz chiqarib o‘qishi kerak, shundagina ular ma’lumotni to‘liq o‘zlashtiradilar.

FOTO: FREEPIK

FOTO: FREEPIK

Merkuriy yo‘nalishi – shimol.  Uyda farzandingizning dars stoli qaysi tomonga qarab turganligini tekshiring. Agarda siz farzandingiz yozuv stolini shimol tomonga qaratib qo‘ysangiz, o‘quvchiga ma’lumotlarni o‘zlashtirish ancha osonroq bo‘ladi. Ayniqsa, shimol tomonda deraza ham bo‘lsa. Yaxshi o‘qish uchun bu tomonning betartib bo‘lmasligi juda muhimdir. 

Agarda sizning farzandingiz beqaror va bir joyda o‘tirib dars qilishga qiynalsa, uni g‘arb tomonga qaratib o‘tqazing.  Saturn yo‘nalishi beqaror o‘quvchini jiddiylashtiradi. Shu bilan birga, ko‘k rangdagi kiyim va interyer ham bunga yordam beradi.

Merkuriy kuni – chorshanba. Haftaning bu kunida o‘quvchining miyasi boshqa kunlarga qaraganda ma’lumotlarni yaxshiroq o‘zlashtirishga moyil bo‘ladi. Shuning uchun, chorshanba kuniga repetitorlar bilan darslarni va boshqa qo‘shimcha mashg‘ulotlarni bemalol belgilayverishingiz mumkin. 

Merkuriy rangi – yashil. Yashil rangdagi sumka, daftarlar, stul va interyer jihozlari o‘quvchiga xush kayfiyat bag‘ishlaydi. Yodingizda bo‘lsa, klassik yozuvchilar stoli yashil movutdan bo‘lar edi. Ko‘zga yoqadigan to‘yingan ranglarni tanlang. Agar farzandingiz xonasiga yana neon tusidagi ranglar qo‘shilsa, bu unga tetiklik beradi va ma’lumotni yaxshi o‘zlashtirishda ko‘maklashadi.

FOTO: FREEPIK

FOTO: FREEPIK

O‘quvchilarning ota-onalari naqafaqat o‘qish haqida o‘ylashlari, balki bolaning sifatli hordiq chiqarishini ham unutmasliklari lozim. O‘t-o‘langa boy tabiat qo‘ynida Merkuriy va Oy o‘zaro uyg‘unlashib, ruhiyatni yengillashtiradi. Agar farzandingiz aqliy zo‘riqqan bo‘lsa, biroz sayr qilib, so‘ng darslarini tugatgani ma’qul. Uyqu oldidan qabul qilingan iliq vanna bolani tinchlantiradi, kun davomidagi charchoqlarini ketkazib, miyasidan ortiqcha fikrlarni haydaydi. 

O‘quvchi Merkuriyini o‘rganishning eng yaxshi usuli – ota-onalarning u bilan tez-tez va samimiy suhbatlashib turishi hisoblanadi. Bolaga o‘z qo‘rquvlari, his-tuyg‘ulari va kechinmalarini ifoda etishni o‘rgating. Ularga tushunish va qabul qilish bilan munosabatda bo‘ling, shunda hech qanday maktab qiyinchiliklari sizning munosabatlaringizga soya solmaydi. 

Maqolani baham ko'ring

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin