18-sentyabrdagi Oy tutilishi. Barcha burj belgilari uchun munajjimlar bashorati

17 Sen 2024
FOTO: UNSPLASH
FOTO: UNSPLASH

Oy tutilishi 2024-yil 18-sentyabrda Toshkent vaqti bilan 07:34 da Purvabxadrapada nakshatradagi Baliq belgisida sodir bo‘ladi.

Baliqda Oy tutilishi – chuqur his-tuyg‘ulardan, ong osti bilan bog‘liq bo‘lgan eski o‘tmish yuki, og‘ir karma, o‘tmish tajribasi, biror ruhiy jarohatlar va tajriba, eski hissiy to‘siqlar, qo‘rquvlar va xom xayollardan tozalanish va xalos bo‘lishga qaratilgan har xil amaliyotlar va marosimlar uchun juda qulay vaqtdir.

Bu tutilish intuitiv uyg‘onishga turtki bo‘lib xizmat qiladi. Baliq ichki sezgi va ma’naviy idrokni boshqaradi, shu sababli bu davrda bizning sezgimiz yanada o‘tkirlashib, ilgari yashirin bo‘lgan narsalarni ko‘rishimizga yordam berishi mumkin.

Bu davrda tushlar alohida ahamiyatga ega hamda yorqin bo‘lishi mumkin. Ehtimol buni kimdir allaqachon sezgan bo‘lishi mumkin, chunki biz tutilish davrining boshlanish chegarasida turibmiz. Shu sababli tutilish davrining barcha tushlarini yozib olish va o‘z savollariga javob izlash maqsadida tahlil qilish tavsiya etiladi.

Qolaversa, aniq niyat va istak bilan uxlashga yotish mumkin. Bu davrda tushlar orqali kuchli ko‘rsatmalar olish yoki hayotingizda sodir bo‘ladigan voqealarni oldindan ko‘rish imkoniyati ham mavjud.

Tutilish har doim hayotingizdagi ma’lum bir sikllarning tugashini ko‘rsatadi. Baliqlarda bu ancha ta’sirchan bo‘lib, ruhiy jihatlarni o‘z ichiga oladi. Biz endi bizga xizmat qilmaydigan va rivojlanishimizga yordam bermaydigan narsalarni qo‘yib yuborish vaqti kelganini anglab yetishimiz mumkin.

Bu tutilishda o‘z hayotiga achinish va kechirishni kiritish yoki kuchaytirish mumkin, chunki Baliqlar shu xislatlarga bog‘langan bo‘lib, bu eski jarohatlarimizni davolash, o‘zimizni, boshqalarni kechirish va sof yurak hamda ong bilan yangi siklni boshlashimiz mumkin bo‘lgan vaqtdir.

Sentyabrdagi tutilish har bir burj belgisi uchun qanday mavzularga tegishli bo‘ladi: 

Yuksalayotgan Qo‘y: 

Baliqdagi 12-“uy”da Oy tutilishi ichki nizo keltirib chiqarishi, o‘zini o‘zi tahlil qilishga undashi mumkin, shuning uchun o‘z tuyg‘ularingizga e’tiborli bo‘lish, eski qo‘rquvlardan xalos bo‘lishingiz lozim. Faol rejalashtirish, qarorlar qabul qilishdan qo‘rqmaslik va ichki nizolarni hal qilish uchun ichki sezgini qo‘llash foydali bo‘ladi.

Yuksalyotgan Buzoq: 

11-“uy”dagi tutilish o‘z qadriyatlari va ishga yondashuvini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Baliqdagi Oy tutilishi sizning do‘stona munosabatlaringiz, ijtimoiy holatlaringizga ta’sir qiladi, ehtimol, kim bilandir xayrlashishingizga, keraksiz aloqalardan xalos bo‘lishingizga to‘g‘ri kelib qolar. O‘z strategik maqsadlaringizga diqqatni jamlaganingiz, ijtimoiy aloqalardagi o‘z ustuvor yo‘nalishlaringizni qayta ko‘rib chiqqaningiz ma’qul.

Yuksalayotgan Egizaklar: 

Baliq belgisidagi Oy tutilishi kasbiy maqsadlaringiz yoki jamiyatdagi obro‘yingizni qayta ko‘rib chiqishni talab etadi.

Kelayotgan tutilishlar yo‘lagidan o‘z bilimlaringizni kengaytirish va boshqa odamlar bilan muloqotingizni yaxshilashda foydalaning. Lavozim mavqeingizdagi o‘zgarishlarga tayyor turing va o‘z maqsadlaringizni qayta ko‘rib chiqishdan qo‘rqmang.

Yuksalayotgan Qisqichbaqa: 

Ichki izlanish va ma’naviy-falsafiy e’tiqodlaringizni qayta baholash davri. Baliqdagi Oy tutilishi ma’naviy maqsadlaringiz va dunyoqarashingizni qayta ko‘rib chiqishni anglashga olib kelishi mumkin. Ichki nizolarni uddalsh uchun o‘zini tahlil qilish va meditatsiya bilan shug‘ullanishni maslahat beramiz. Sog‘lig‘ingiz va kun tartibiga e’tiborli bo‘ling.

Yuksalayotgan Arslon: 

Qadriyatlaringiz, pulga nisbatan yondashuvlaringizni qayta ko‘rib chiqishingiz kerak. Baliqdagi Oy tutilishi keraksiz sarf-xarajatlar yoki qarzlardan voz kechishni talab qilib, moliyaviy majburiyatlaringiz yoki hamkorlikdagi resurslaringizga ta’sir qilishi mumkin. Shaxsiy his-tuyg‘ularingizni haqiqiy imkoniyatlar bilan muvozanatga keltirish muhim. 

Yuksalayotgan Parizod:  

O‘z munosabatlarini chuqur tahlil etish va qayta ko‘rib chiqish vaqti sanaladi. Keraksiz odatlar va eski e’tiqodlardan qutulish muhimdir. Oy tutilishi sizning shaxsiy munosabatlaringizga, biznesdagi munosabatlarga o‘zgartirish kiritishi, qaysidir aloqalarni qayta ko‘rib chiqish yoki yakunlashga olib kelishi mumkin. 

Yuksalayotgan Tarozi:  

Sog‘lig‘ingiz va kundalik majburiyatlaringiz ustida ishlash vaqti. Sizda Oy tutilishi 6-“uy”da sodir bo‘ladi, u sizni ishga yondashuvlaringiz va sog‘lig‘ingizni qayta ko‘rib chiqishga undaydi. Kundalik ishlarda tartib o‘rnating, munosabatlarda ziddiyatlardan qoching.

Yuksalayotgan Chayon: 

Sizning o‘zgarishlaringiz romantik va ijodiy sohalarda sodir bo‘ladi. Siz qaysidir eski pattern (odatiy fikrlash) va xulq-atvor modellaridan xalos bo‘lishingiz mumkin. Sizda Oy tutilishi 5-“uy”da bo‘lib o‘tadi va bu yakunlash energiyasi, ijodiy loyihalaringizning boshqa holatga o‘zgarishini keltirib chiqaradi hamda o‘zingizni namoyon qilishga ta’sir etadi. O‘zgarishlarga ochiq bo‘ling, bundan buyon o‘sishingizga xizmat qilmaydigan narsalarni qo‘yib yuborishdan qo‘rqmang.

Yuksalayotgan O‘qotar: 

Sizda Oy tutilishi 4-“uy”da sodir bo‘ladi, bu uy muhitingizni, qarindoshlaringiz va oilangiz bilan munosabatlaringizni o‘zgartirishi mumkin, shuningdek, eski oilaviy qoliplardan xalos bo‘lishingizga yordam beradi. Oilaviy munosabatlarni uyg‘unlashtirishga, uy sharoitini yaxshilashga va yaqinlaringiz bilan hissiy aloqani mustahkamlashga e’tibor qarating hamda shu yo‘nalishda ishlar olib boring.

Yuksalayotgan Tog‘ echkisi: 

Sizda Oy tutilishi 3-“uy”da sodir bo‘ladi va g‘oyalaringiz hamda axborotga nisbatan yonashuvingizni qayta ko‘rib chiqishga majbur qilib, muloqot va ta’limda o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. So‘zlaringiz va g‘oyalaringizga nisbatan e’tiborli bo‘ling, keraksiz bahslarga yo‘l qo‘ymang. 

Yuksalayotgan Qovg‘a:  

Oy tutilishi sizdan daromad manbalarini tubdan o‘zgartirishni yoki keraksiz sarflar, qarzlar, kreditlar va hokazolardan qutulishingizni talab qilishi mumkin. Moliyaviy rejalaringiz va strategiyalaringizni qayta ko‘rib chiqing. Ortiqcha isrofgarchiliklardan qochishga harakat qiling va moliyaviy vaziyatlaringiz hamda moddiy barqarorligingizni yaxshilashga diqqatingizni jamlang. 

Yuksalayotgan Baliq: 

Tutilish sizning 1-“uy”ingiz, shaxs uyida ro‘y beradi va hayotingizning hamma sohalariga taalluqli bo‘ladi. Oy tutilishi muhim ichki o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi, sizni eski xom xayollardan xalos qilishi yoki sizni yangi ibtidolarga olib kelishi mumkin. Xavotir, uy muhitida zo‘riqish yoki ko‘p uy ishlari bo‘lish ehtimoli bor. Oldinda turgan tutilishlar yo‘lagidan o‘zini chuqur tahlil etish va o‘z ustida ishlashda foydalaning. Rivojlanishingizga xalaqit qilayotgan narsalarni ortda qoldiring va hayotingizdagi yangi bosqichga tayyorlaning.

Maqolani baham ko'ring

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin