Yoga – munajjimlar bashorati. Burj belgisiga ko‘ra asanalarni tanlaymiz

23 Avg 2024
FOTO: UNSPLASH

Yoga – kuch holatlarini mashq qilish amaliyoti. Har bir burj belgisi o‘ziga xos kuchga ega. Keling, ikki amaliyotni – yoga va astrologiyani birlashtirish orqali har bir burj belgisi uchun eng foydali asanalarni tanlaymiz. 

QO‘Y – Navasana (qayiq holati)

FOTO: UNSPLASH

Energiya va shijoat – burjlar orasida birinchi bo‘lgan olov belgisining asosiy xususiyatlari. Kashfiyotchi Qo‘y o‘ng-u so‘liga qaramasdan  harakatlanadi, uning vazifasi keng ko‘lamli maqsadlarni belgilash va ularga erishishdir. Navasana (qayiq holati) qorin mushaklarini mustahkamlaydi va tanaga kerakli tonusni beradi. Bu asana Qo‘yning hayotdagi o‘z mavqeini mustahkamlash istagiga to‘liq mos keladi.

BUZOQ – Vrikshasana (daraxt holati)

FOTO: FREEPIK

FOTO: FREEPIK

Buzoqlar o‘zlarining amaliyotchiligi, pul topish va uyda qulaylik yaratish qobiliyatlari bilan haqli ravishda faxrlanishlari mumkin. Buzoqlarning bunday «og‘ir-vazmin»ligini Vrikshasana (daraxt holati) juda yaxshi aks ettiradi. Bu holat sabr-toqat va umumiy muvozanatni ifodalaydi. U tananing pastki qismini yaxshi cho‘zadi, oyoqlarni mustahkamlaydi, muvozanat va egiluvchanlikni rivojlantiradi.

EGIZAKLAR – Garudasana (burgut holati)

FOTO: UNSPLASH

Bu o‘ynoqi holat havo belgisi vakillarining quvnoq xarakterini juda yaxshi eslatadi. Asana qiziquvchan Egizaklarning qiziqishini uyg‘otish uchun yetarlicha qiziqarli. Shu bilan birga, Garudasana havo belgisi vakillari uchun juda zarur bo‘lgan yuqori diqqatni talab qiladi. Burgut holati muvozanat va egiluvchanlikni yaxshilaydi, yelka, orqa va son mushaklarini cho‘zadi, qorin pressini va diqqatni mustahkamlaydi.

QISQICHBAQA – Balasana (bola holati)

FOTO: FREEPIK

FOTO: FREEPIK

Burjning eng sezgir va hissiyotli belgisiga o‘zini uydagidek his qilish mumkin bo‘lgan eng mos holat. Balasana (bola holati) ongni tinchlantiradi, tanadagi zo‘riqishni ketkazadi, bo‘shashganlik va himoyalanganlik hissini beradi. Bu holatda Saraton burji vakillari, ona qornidagi chaqaloqdek, imkon qadar bo‘shashgan va baxtiyor bo‘ladi.

ARSLON – Bhunjangasana (kobra holati)

FOTO: UNSPLASH

Qirollik Arslonlari uchun ko‘krak bo‘limi va yurak chakrasini ochadigan barcha holatlar ideal tarzda mos keladi. Qirollik qomati bu olov belgisining zaruriy atributidir. Kobra holati umurtqa pog‘onasining ko‘krak qismini ochadi, qomatni to‘g‘rilashga yordam beradi, tana mushaklarini yoqimli cho‘zadi. Nafis Bhunjangasana Arslonning go‘zalligi va shohonaligini a’lo darajada aks ettiradi.

PARIZOD – Utkata Konasana (ma’buda holati)

FOTO: FREEPIK

FOTO: FREEPIK

Ma’buda holati Parizod burji vakillari uchun go‘yo maxsus yaratilgandek. Kamdan-kam odamning bu asanani to‘g‘ri bajarish uchun sabr-toqat, kuch-quvvat va chidami yetadi. Utkata Konasana sonning ichki qismi, oyoqlari va orqasiga juda yaxshi ta’sir ko‘rsatadi va organizm bo‘ylab qonning a’lo darajada aylanishini ta’minlaydi. Ushbu yer belgisining doimiy zo‘riqqan vakillari uchun bunday asana haqiqiy najot bo‘lishi mumkin. 

TAROZI – Ardha Chandrasana (yarim oy holati)

FOTO: FREEPIK

FOTO: FREEPIK

Ushbu havo belgisi vakillari doimiy ravishda hayotiy muvozanatni izlaydilar. Muvozanatdagi barcha asanalar Tarozilar uchun bajarilishi shart. Ardha Chandrasana xuddi havoda uchayotgan balerina kabi, Tarozilarga kuchli va chiroyli qomatni yaratish, oyoqlar, bo‘ksa sohasi va to‘piqlarni mustahkamlash, shuningdek, juda zarur bo‘lgan muvozanatga erishishga yordam beradi.

CHAYON – Salabhasana (chigirtka holati)

FOTO: PIXABAY

FOTO: PIXABAY

Chayon haqiqatdan ham burjlar orasida eng ehtirosli va hissiyotli belgi hisoblanadi. Salabhasana bu suv belgisiga tananing har bir mushaklarini his qilishga yordam beradi, tos bo‘shlig‘i tubi va bo‘ksa sohasini mustahkamlaydi. Chigirtka holati qomatni yaxshilashga va shu bilan birga bo‘shashishga yordam beradi, bel va yelkalardagi zo‘riqishni yo‘qotadi. Burjning eng mistik belgisi uchun kuch holatidir.

O‘QOTAR – Viparita Virabhadrasana (jangchi holati)

 

FOTO: UNSPLASH

Olov belgilarining bu vakili maqsadni ko‘rganda va his qilgandagina chinakamiga yashaydi. Viparita Virabhadrasana O‘qotarga maqsadga erishishda diqqat va qat’iyatni mashq qilish orqali muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi. Asana tananing yuqori va yon tomonlarini uzaytiradi va cho‘zadi, egiluvchanlikni yaxshilaydi va muvozanat hissini beradi.

TOG‘ ECHKISI – Tadasana (tog‘ holati)

FOTO: FREEPIK

FOTO: FREEPIK

Bu holatning har bir oddiy harakat ortida aql bovar qilmaydigan tirishqoqlik va chidamlilik yashiringan. U Tog‘ echkisining fe’l-atvori va ishchanligini, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishdagi barqarorligi va sabr-toqatini bevosita aks ettiradi. Asana qomatni yaxshilaydi, ko‘krak va yelkalarni ochadi, qorin mushaklarini mustahkamlaydi. Holatlar to‘g‘ri bajarilganda, Tadasana nafas olishni sekinlashtiradi, bu esa diqqatingizni tanangizga qaratishga va ongingizni imkon qadar bo‘shashtirishga imkon beradi.

QOVG‘A – Dhanurasana (yoy holati)

FOTO: FREEPIK

FOTO: FREEPIK

Ijodkor va orzumand Qovg‘alar barcha g‘oyalarini hayotga tatbiq etish uchun kuchli quvvatga muhtoj. Dhanurasana holatining to‘g‘ri bajarilishi qalqonsimon bezni rag‘batlantiradi va kuchli energiya oqimini beradi, stress va ortiqcha xavotirni kamaytiradi. Ushbu holat organizmning qon aylanishini yaxshilaydi va yurakni ochadi, bu esa Qovg‘alarga o‘zlarining ijodiy fikrlarini amalga oshirishga yordam beradi.

BALIQ – Matsiasana (baliq holati)

FOTO: UNSPLASH

Yogada burjning so‘nggi belgisi vakillarining hatto o‘z holati ham bor. Baliq holati ijobiy quvvatni oshiradi, ruhiy holatning tabiiy va yengillik bilan yaxshilanishiga yordam beradi. U bo‘yinning orqa qismi va belning yuqori qismini mustahkamlaydi, bu esa sog‘lom qomatni shakllantirishga yordam beradi.

Yoga – dinlarga tegishli bo‘lmagan sehrli amaliyot. Har bir asana barcha burj vakillariga juda mos keladi. Muhimi – professional ustoz va to‘g‘ri ijro. Ongingiz va tanangizni ushbu mo‘jizaviy kuch holatlari amaliyoti orqali takomillashtiring.

Bashorat Vedik astrologiyasining Jyotish deb nomlanuvchi Siderik burjiga muvofiq yozilgan.

Maqolani baham ko'ring

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin