Art Week 2024: Toshkentdagi san’at haftaligi
Tadbir nimalar bilan esda qoldi

San’at haftaligi Toshkentda 27-29-iyunda bo‘lib o‘tdi. CAEx Oʻzbekiston keng miqyosli tadbir dasturi bilan mehmonlarni kutib oldi: u beshta yo‘nalishdan iborat edi.
Art & photo
Poytaxtlik fotograf va rassomlarning koʻrgazmalari san’at haftaligining muhim qismlaridan boʻldi. Tadbirda yoʻlaklar improvizatsiya qilindi, devorlarda esa ijodkorlar uchun muhim boʻlgan kadrlar ilingan edi.

FOTOSURATLAR Art Week MATBUOT XIZMATI TOMONIDAN TAQDIM ETILGAN
Handmade
Mahalliy brendlar bozori oʻsha yoʻlaklarning kesishgan nuqtalaridan joy oldi. Bu esa iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash muhim ekanligini yana bir bor takidladi. Taqdim etilgan barcha qo‘l mehnati buyumlarini nafaqat yaqindan borib tomosha qilish, balki sotib olish, hatto brend asoschilari bilan tanishib, ular bilan suhbat qurish imkoniyati ham bor edi.

FOTOSURATLAR Art Week MATBUOT XIZMATI TOMONIDAN TAQDIM ETILGAN
Fashion
Art Week 2024 moda yo‘nalishi uchun Tatyana Kochnova, Azukar Moreno, Dildora Kasimova, Zulfiya Sulton va Porso kabi dizaynerlar mas’ul boʻlishdi. Oqshom va toʻy liboslari, brazilcha bazm muhiti, milliy motivlar – bularning barchasi san’at haftaligi doirasida podiumda namoyon boʻldi.

FOTOSURATLAR Art Week MATBUOT XIZMATI TOMONIDAN TAQDIM ETILGAN
Talks
Tadbir doirasida ma’ruzalar ham oʻtkazilgan. Spikerlar tomonidan ommaviy ahamiyatga ega boʻlgan mavzular ilgari surilgan. Masalan, ekologiya masalasi, san’atning turli xil yo‘nalishining bir-biriga bogʻliqligi, shu bilan birga, moda, aktyorlik mahorati va boshqa yoʻnalishlarga e’tibor qaratilgan.

FOTOSURATLAR Art Week MATBUOT XIZMATI TOMONIDAN TAQDIM ETILGAN
Music
Art Week haftaligining birinchi kunida koʻpchilik sevib tinglaydigan “Bolalar” guruhining solisti Tohir Sodiqov ijrosidagi unutilmas konsert tomoshabinlarga betakror emotsiyalarni hadya etdi. Shuningdek, san’at haftaligi doirasida, Sabina Mustayeva va Milena Madmusayevalar yetakchiligida simfonik orkestr konserti boʻlib oʻtdi.
Poytaxtimizda ilk bor oʻtkazilayotgan bu tadbir barcha san’at ixlosmandlarining diqqat-e’tibori markaziga aylandi.