ELLE x OKO yorqin oqshomi
Raqs ritmida yil yakuni
Toshkentning eng zamonaviy joylaridan biri bo‘lgan OKO gastrobarida ELLE yorqin kechasi o‘tkazildi. Tadbirning hamkori bo‘lgan Click to‘lov tizimi bu tropik muhitga zamonaviy texnologik urg‘u qo‘shdi. 21-dekabr sovuq oqshomida mehmonlar – brend do‘stlari, zamonaviy inflyuyenserlar va musiqa ishqibozlari – go‘yo quyoshli Baliga sayohat qilganday bo‘ldilar.
OKO’ning ta’sirchan interyeri kecha uchun ajoyib dekoratsiyaga aylandi: ekzotik o‘simliklar, tabiiy to‘qimalar va mayin, iliq yoritish tropik jannat muhitini eslatardi.
Kechaning asosiy gultoji musiqa bo‘ldi. Pultda uchta DJ o‘zaro o‘rin almashdi.: Roxy, MTCH (ELLE musiqiy muharriri) va tadbirning asosiy ijrochisi – Dakari. Ularning har biri o‘ziga xos musiqiy dasturni taqdim etib, butun kechaga kayfiyat berdi. Raqs maydoni tun yarmigacha to‘la edi, Dakarining xarizmatik chiqishi esa zalni larzaga keltirdi.
Kechaga tashrif buyurgan tomoshabinlar ham kam taassurot qoldirmadi. To‘plangan mehmonlarning zamonaviy liboslari tadbir muhitiga yanada ko‘proq yorqinlik qo‘shdi.
Tafsilotlarga e’tibor va dadil gastronomik yechimlar kechaning umumiy kayfiyatiga ajoyib qo‘shimcha bo‘ldi.
ELLE va Click hamkorligida tashkil etilgan OKO’dagi bu kecha yil yakunining haqiqiy ramziga aylandi – yorqin, zamonaviy va unutilmas.
foto: Tatiana Soldatova