Emilio Pucci

Naqshlar qiroli

foto: Spotlight

Gollivud namoyandalarini maftun etgan yorqin naqshlari tufayli butun dunyoda mashhur bo‘lgan italiyalik dizayner. Moda olamida tan olingan Emilio Pucci brendi interyer dizaynida ham o‘z o‘rniga ega. Florensiyalik dizayner Emilio Puchchining hayoti va faoliyati haqida so‘z yuritamiz.

foto: Spotlight

fotо: Spotlight

Emilio Puchchi, markiz Di Barsento, italyan zodagonlar oilasida tug‘ilgan. Puchchi butun yoshligini diplomat bo‘lish uchun tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishladi: avval Milan universitetida, keyin esa AQShda tahsil oldi. Jorjiyada ijtimoiy fanlar magistri darajasini olgach, Emilio Italiyaga qaytib, siyosiy fanlar bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

fotо: Spotlight

fotо: Spotlight

Puchchi sportga ixlosmand edi. U suzish, tennis, avtopoyga bilan shug‘ullanar va hatto Olimpiya o‘yinlarida Italiya chang‘i terma jamoasi a’zosi bo‘lgan. Bir kuni tog‘ chang‘i kurortida dam olayotganda, Emilio o‘z loyihasi asosida tikilgan chang‘i kiyimini kiyib olgan edi. Uning ko‘rinishi fotograf Toni Frayzelning e’tiborini tortdi va u olgan surat Harper’s Bazaar jurnali sahifalarida paydo bo‘ldi. Jurnal chop etilgach, Emilioga ko‘plab brendlardan takliflar keldi, ammo Puchchi chang‘i kiyimlarini mustaqil ishlab chiqarishga qaror qildi.

fotо: Spotlight

fotо: Spotlight

Sport kiyimlaridan so‘ng Emilio ayollar kiyimi to‘plamini yaratishga o‘tdi. Uning o‘ziga xos uslubi doimo rang va shakllar ko‘p bo‘lgan yorqin va g‘ayrioddiy naqshlardan iborat edi. Brendning mashhurlik cho‘qqisi 50-yillarga to‘g‘ri keldi. Gollivudning barcha yulduzlari jasur italiyalikning kiyimlari, ichki kiyimlari va cho‘milish liboslarini kiyishni istardi. Merilin Monro hatto uni Pucci kiyimida dafn etishlarini so‘ragan.

“Quvnoqlik men modaga olib kirgan eng muhim unsurlardan biridir. Men buni rang orqali bajardim”

 

fotо: Spotlight

Dizayner 50-60-yillar mavsum modasiga qarshi chiqdi, ranglar va ularning uyg‘unligi haqidagi aqidalarni buzdi. Emilio Pucci interyer bezagi bozoriga kirgan ilk moda brendi bo‘lib, hozirgacha har ikkala yo‘nalishda ham muvaffaqiyat qozonib kelmoqda.

fotо: Spotlight

fotо: Spotlight

Pucci’ning kaleydoskopik naqshlari ayollarni kundalik turmush va kiyimdagi an’anaviylik zanjiridan ozod qildi. U nafosatning yangicha talqinini yaratdi, uni g‘ayrioddiy va esda qolarli qildi. Hozirda Emilio Pucci naqshlari butun dunyoga tanilgan va moda olamining merosiga aylangan.

foto: Spotlight

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin